Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Bolgariya va "Barselona" fahri - Xristo Stoichkov

Bolgariya va "Barselona" fahri - Xristo Stoichkov

Baho:
+ | -

  1994 yilarning qahramonlarini eslaydiganlar bo‘lsa kerak.  Bolgariyalik iqtidorli futbolchilar avlodining timsoli, bugungi hikoyamiz qahramoni - Xristo Stoichkov.

Xristo Bolgariyaning Plovdiv shahrida tug‘ilgan va uning birinchi murabbiyi mahalliy "Marisa" klubida professional faoliyat olib borgan otasi bo‘lgan.

To‘g‘ri, otasi o‘g‘lidan farqli ravishda darvozabon pozisiyasida o‘ynagan. Futbolchi Xristo Stoichkov faoliyatini “Marisa” yoshlar jamoasida boshlagan bo‘lsa ajab emas.

Bolgariya klublari uchun o‘yinlari (1982-1990)

Kattalar futbolida Stoichkovning birinchi klubi "Chebar" edi, lekin u yerda Xristo uzoq vaqt qolmadi va 18 yoshida u Bolgariyaning asosiy futbol klubi - SSKA Sofiya tarkibiga borib qo‘shildi.

SSKA tarkibida Stoichkov jamoaviy va yakka tartibdagi barcha mahalliy unvonlarni qo‘lga kiritadi va 1990 yilda u Yevropa chempionatlarida eng ko‘p - 38 ta gol urdi va "Oltin butsa" sohibiga aylandi.

Aynan 1990 yilda Stoichkov "Barselona"ga ko‘chib o‘tdi, keyinchalik u mashhur gollandiyalik murabbiy Yoxan Kroyff jamoasida o‘ynay boshlagan. Kroyff 1989 yilning bahorida, Kubok egalari kubogi yarim finalida "Barselona" SSKA bilan to‘qnash kelganida, bolgariyalik futbolchiga e’tibor qaratgandi.

Ispaniya klubi har ikkala o‘yinda umumiy 6:3 hisobida g‘alaba qozondi, biroq aynan Stoichkov "Barsa" darvozasiga uchta golni urgan.

“Barselona” (1990-1995, 1996-1997)

Xristo Stoichkov nomi birinchi navbatda "Barselona" bilan birgalikda eslanadi. Stoichkov Yevropa futbolida o‘ynay olmaydi, deb ishongan ko‘plab mutaxassislarning fikridan farqli o‘laroq, Kristo Kataloniyada ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, klub bilan barcha sovrinlarni yutib oldi va 1994 yilda eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi.

Qizig‘i shundaki, umumiy fikrga ko‘ra, Stoichkov 1992 yilda "Oltin to‘p"ni olishi kerak edi - u o‘sha mavsumda juda yorqin o‘ynadi. Ammo Chempionlar ligasi guruh bosqichida ovoz berish yakunlanishidan bir necha kun oldin “Milan” hujumchisi Marko van Basten Shvesiyaning “Gyoteburg” darvozasiga 4 ta gol urdi va bu bilan ko‘plab ovozlarni o‘z tomoniga og‘dirib oldi.

Stoichkov ayniqsa Romario klubga qo‘shilgandan so‘ng o‘zini namoyon qildi, garchi bu ikki hujumchi bir-biriga mos kelmaydiganga o‘xshashsada.

Ammo bu ikki futbolchi bir-birini ajoyib tarzda to‘ldirishdi, bu esa dunyodagi eng dahshatli tandemlardan biriga aylandi. Bu juftlik shu qadar yaxshi o‘ynadiki, Kroyff daniyalik dispetcher Mikayel Laudrupni zaxiraga olishga majbur bo‘ldi, chunki o‘sha paytda xorijlik o‘yinchilarga qattiq chegara qo‘yilgan edi.

Bir yillik tanaffusdan so‘ng, Stoichkov Italiyaning "Parma" klubida o‘ynab kelgach, angliyalik Bobbi Robson murabbiylik qilgan "Barselona"ga qaytdi. 1996-1997 yillar mavsumida "Barselona" Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi, ammo barcha mumkin bo‘lgan kuboklarni qo‘lga kiritdi - Ispaniya kubogi, Kubok egalari kubogi, Ispaniya va Yevropa Superkubogi.

Stoichkov, garchi u asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo‘lsa-da, 24ta o‘yin o‘tkazib, 7ta gol urib, klubga katta yordam berdi.

Lui van Gal jamoaga kelib qo‘shilganidan so‘ng, Stoichkov nihoyat "Barselona" bilan xayrlashdi.

"Parma" (1995-1996)

A Seriyadagi yagona mavsumida Stoichkov o‘z klubiga 6-o‘rinni egallab, UYEFA Kubogiga yo‘llanma olishiga yordam berdi. Yevrokuboklarda g‘olib chiqqan va “Skudetto” uchun kurashgan “Parma”ning “oltin davri” allaqachon tugagan, shu bois klub o‘yinlari natijasi ham omadliroq sanalgan.

Boshqa klublar (1997-2003)

“Barselona”dan ketgach Stoichkov ko‘plab davlatlarda faoliyatini davom ettirdi: u Saudiya Arabistoni, Yaponiya, AQSH klublarida o‘ynadi, va “butsani mixga ilish”dan oldin SSKA Sofiyaga qaytdi.

Bolgariya terma jamoasi (1987-1999)

Stoichkov terma jamoa tarkibida ikkita jahon chempionatlarida qatnashgan - 1994 va 1998 va Yevro-1996. O‘sha Yevropa chempionatida bolgarlar Fransiya va Ispaniya bilan guruhdan chiqish uchun kurashgan, ammo 4 ochko bilan ular guruxda 3 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Stoichkovning terma jamoadagi  cho‘qqisi AQSHda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati bo‘lib, u yerda Bolgariya o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatib, yarim finalga chiqdi.

Stoichkov Gresiyaga qarshi dastlabki ikkita golini kiritdi (4:0), Argentinaga (2:0) qarshi o‘yinda hisobni ochdi. Meksika bilan 1/8 finalda uning goli bolgarlar uchun yagona bo‘ldi (1:1, ular penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishdi), nihoyat, Germaniya bilan chorak finalda (2:1), bolgarlar uchun qiyin kechayotgan o‘yinni o‘zgartirib, hisobni tenglashtirdi.

 Faqat Italiya bilan yarim finalda Stoichkovning goli vaziyatni o‘zgartira olmadi va Roberto Badjoning ikki goli Italiyaga g‘alaba keltirdi.

Umumiy hisobda Stoichkov terma jamoa safida 63 ta o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol urgan. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:04, 17.02.2023.
O'qildi: 2090 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.