A Seriyaning 23-turidan o‘rin olgan "Napoli"ning "Sassuolo"ga qarshi o‘yinida qanot hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya hisobni ochdi.
12-daqiqada gruziyalik futbolchi to‘pni maydon markazida qabul qilib oldi va jarima maydonchasi tomon yurish qildi. U darvozaning chap burchagiga aniq zarba berib, hisobni ochdi.
"Rubin"ning sobiq futbolchisi Italiya chempionatidagi 19 uchrashuvda 10 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U ligadagi eng yaxshi assistent hisoblanadi va gol+pas tizimida jamoadoshi Viktor Osimxendan bir ochkoga ortda qolmoqda.