Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

«Metallurg» nazorat uchrashuvida «So‘g‘diyona»dan ustun keldi

«Metallurg» nazorat uchrashuvida «So‘g‘diyona»dan ustun keldi

Baho:
+ | -

Bugun Qibray tumani markazidagi stadionda Superliga jamoalari – Bekobodning «Metallurg» hamda Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoalari o‘rtasida nazorat-ko‘rik uchrashuvi o‘tkazildi. Qiziqarli va murosasiz kurashlar ostida kechgan o‘yinda «Metallurg» kichik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuv taqdirini hal etgan yagona gol o‘yin oxirida kiritildi. Zabixullo O‘rinboyevning ajoyib to‘p uzatishidan keyin Bektemir Abdumannonov raqib darvozaboni bilan yakkama yakka chiqdi va g‘alaba to‘pini kiritdi – 1:0.

Bevosita o‘yin tafsilotlari to‘xtaladigan bo‘lsak, birinchi bo‘limda teng kurash kechdi. To‘p nazoratida, vaziyatlar yaratishda jizzaxliklar biroz ustunlikka ega bo‘lishdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Javohir Qahramonovning maydondan chetlatilishi «So‘g‘diyona» o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shundan so‘ng tashabbus bekobodliklar tomonida bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Xudoyshukur Sattorov chap qanotdan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan urib raqib darvozasi to‘riga tushirgandi. Ammo qanot hakami bu vaziyatda ofsayd borligini qayd etdi. Uchrashuv tugashiga olti daqiqa qolganda esa zahiradan o‘yinga qo‘shilgan Zabixullo aqlli to‘p oshirishi bilan jamoadoshiga qulay vaziyat yaratib berdi. «Metallurg» to‘purari esa imkoniyatdan unumli foydalandi.

Milliy chempionat boshlangunga qadar «Metallurg» yana bitta nazorat uchrashuvini rejalashtirgan.

Nazorat o‘yini
«Metallurg» – «So‘g‘diyona» – 1:0. Qibray stadioni
Gol: Bektemir Abdumannonov (84)
Hakam: Sultonmurod Abdurahmonov.
Nazoratchi: Aleksandr Popov.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 18:45, 18.02.2023.
O'qildi: 1484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.