Kirish Ro'yxatdan o'tish

Zinchenko nihoyat «Arsenal» safidagi ilk golini urdi

Zinchenko nihoyat «Arsenal» safidagi ilk golini urdi

Baho:
+ | -

Yozgi transfer oynasida himoyachi Aleksandr Zinchenko «Manchester Siti»dan «Arsenal»ga o‘tgandi. 

Bugun bo‘lib o‘tgan «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda ukrainalik futbolchi «kanonirlar» libosida birinchi golini urdi.

Mikel Arteta shogirdlari o‘ng qanotdan burchak to‘pini amalga oshirdi. To‘p jarima maydonchasi chizig‘iga yetkazildi, u yerdan Aleksandr Zinchenko o‘ng burchakka keskin zarba berdi. Uning golidan so‘ng hisob 2:2 ko‘rinishiga keldi.

Hozirda Aleksandr Zinchenko «Arsenal» safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 19:40, 18.02.2023.
O'qildi: 1084 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.