Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«WR Chess Masters». Nodirbek Abdusattorov 3-turda Aronyanga yutqazdi

«WR Chess Masters». Nodirbek Abdusattorov 3-turda Aronyanga yutqazdi

Baho:
+ | -

Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli «WR Chess Masters» turnirida hamyurtimiz kecha chiroyli g‘alabaga erishgan bo‘lsa, bugun 3-tur doirasida Levon Aronyanga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda oson mag‘lubiyatga uchradi.

Qora donalarda o‘ynagan hamyurtimiz uchun bahsning debyut qismi muvaffaqiyatli chiqmadi. Boz ustiga, vatandoshimiz 14-yurishda "F" yo‘lakdagi piyodani surib, qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. AQSHlik sportchi esa ushbu xatodan unumli foydalanib qoldi.

O‘z navbatida Aronyan ham 22-yurishda xatoga yo‘l qo‘yib, Nodirbek uchun imkoniyat yaratgandi, ammo vatandoshimiz bu imkoniyatdan foydalana olmadi. Natijada Abdusattorov 31-yurishga kelib mag‘lubiyatni tan oldi.



Ushbu mag‘lubiyat o‘zbekistonlik sportchining jadvaldagi o‘rniga albatta ta’sir qiladi. U jadvalning o‘rtarog‘iga tushib ketadi. Abdusattorov ertaga 4-tur doirasida hindistonlik Praggnanadhaga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:08, 18.02.2023.
O'qildi: 1977 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик