Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

To‘p shakliga oshufta kartochka

To‘p shakliga oshufta kartochka

Baho:
+ | -

Angliya kubogi 4-raundi (1/16 final)dan o‘rin olgan «Rek­xem» (Beshinchi divizion vakili) - «Sheffild Yunayted» juftligi g‘olibini aniqlash uchun 2ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Binobarin, jamoalar dastlabki uchrashuvda 3:3 hisobini qayd etdi. Chinakam jangovar durang, xususan, 2ta gol final hushtagi yangrashiga oz vaqt qolgan bir pallada urildi. Avvaliga, 86-daqiqada Pol Mallin «Rekxem»ni hisobda oldinga o‘tkazib, jamoasini keyingi bosqich tomon yaqinlashtirdi. Biroq 90+5-daqiqada «Sheffild» himoyachisi Jon Igan 3-marta muvozanatni tiklab, barcha masalani takroriy uchrashuvga qoldirdi. 7 fevral kuni esa «Sheffild Yunayted» sustkashlikka yo‘l qo‘ymadi va 3:1 hisobida ustun kelib, nimchorak final yo‘llanmasi sohibiga aylandi. Biroq sports.ru saytining quyidagi maqolasi takroriy bahs emas, murosasiz kechgan birinchi to‘qnashuv jarayonida kuzatilgan nodir voqea haqida.

Demak, «Rekxem» - «Sheffild Yunayted» o‘yinining 19- daqiqasida mehmon jamoa yarim himoyachisi Deniel Jebbison o‘yin qoidasini buzgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Faqat shunisi borki, hakam unga odatiy emas, dumaloq qizil kartochka ko‘rsatdi. Nima, futbolda to‘p shakliga oshufta dumaloq kartochka ham bormi? U va odatiy «qizil» o‘rtasida mohiyat bo‘yicha qanday farq bor? Mazkur savollarga Refchat anjumanida oddiygina javob berildi: «Dumaloq va oval shaklidagi kartochkalar avvaliga ranglarni farqlay olmaydigan futbolchilarga yordam berish uchun joriy etilgan. Shuningdek, bu hakam qoidabuzarni zudlik bilan jazolashda adashmasligi uchun o‘ylab topilgan. Ya’ni futbolchini maydondan chetlashtirishga qaror qilgan referi shoshilinchda cho‘ntagidan zarur kartochkani osongina topadi, boshqacha aytganda, rangiga qarab olishiga hojat qolmaydi».

Qiziq, hakamlar oldin ham dumaloq kartochkadan foydalanishganmi? Ha. Bunday holatlar hattoki, o‘tgan asrning 90-yillarida ham kuzatilgan. Xususan, Yevropaning top-chempionatlari o‘yinlarida! Masalan, angliyalik referi Uriya Renni APLdan o‘rin olgan «Sanderlend» va «MYU» o‘rtasidagi uchrashuvda «qizil iblislar» sardori Roy Kinni aynan dumaloq kartochka bilan «siylagan». Shuningdek, Pol Tirni ham vaqtida «Xall Siti» vakili Tom Xaddl­stounni ovalsimon «qizil» vositasida maydondan chetlashtirgan. Ma’lumot uchun, Garri Maguayr va Garet Barri kabi afsonalar o‘sha vaqt aynan «Xall Siti» safida to‘p surishardi. Rojer Istni esa dumaloq kartochkadan foydalanish bo‘yicha eng faol referilar qatoriga qo‘shish mumkin. Qizig‘i, u bir safar yanglishib, qoidani buzgan Jon O~SHi o‘rniga Ues Braunga yumaloq kartochka ko‘rsatgandi. Rojer Ist ikkinchi marta APL doirasidagi «Xaddersfild» - «Vest Bromvich» qarama-qarshiligida Kristofer Shindlerni dumaloq «qizil»ga munosib ko‘rgandi. Din Uaytstoun esa 2010 yilning aprel oyida Chempionship uchrashuvida «Kristal Pelas» vakili Nil Dennzni to‘p shaklidagi kartochka bilan maydondan «haydagan». 2005 yili bo‘lgan «Nyukasl» - «Aston Villa» uchrashuvida Kiron Dayer maydondagi tartibsizliklarda faol ishtirok etgani uchun yumaloq kartochka olgan. Angliya Liga kubogi tarixidan ham misol bor: «Chelsi» yarim himoyachisi Marsel Desayi bosh hakam Mark Xolzini to‘xtatib qolishga harchand urinmasin, u hujumchi Jimmi-Floyd Xasselbaynk­ni o‘zgacha kartochkaga munosib ko‘rgan, baribir.

Dumaloq qizil kartochka boshqa sport turlarida ham bormi? Ha. Deylik, chim ustida xokkey bahslarida. Bu sport turida hakamlar qoidabuzarlarni 3 xil kartochka bilan jazolash huquqiga egalar:

* Uchburchak shaklidagi yashil kartochka olgan sportchi 2 daqiqaga chetga chiqadi.

* Sariq tusli to‘rtburchak kartochka qoidabuzarlik darajasiga qarab, sportchini 5-10 daqiqa o‘ynash imkoniyatidan mahrum etadi;

* Qizil rangli dumaloq kartochka sportchi o‘yin oxirigacha maydondan chetlatilganini anglatadi. 

Masalan, chim ustida xokkey bo‘yicha Pokiston terma jamoasi vakili Tariq Aziz qizil kartochka tufayli maydondan chiqib ketgan va ke­yinchalik 6 oy muddatga dis­kvalifikasiya qilingan.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:32, 18.02.2023.
O'qildi: 1472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.