Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

Qatarlik shayx Jim Retkliffga qarshi: talabgorlarning boyligi va rejalaridagi farqlar nimada?

Qatarlik shayx Jim Retkliffga qarshi: talabgorlarning boyligi va rejalaridagi farqlar nimada?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ni sotib olish uchun Qatar shayxi Yassim bin Hamad al-Taniy hamda britaniyalik milliarder Jim Retkliff rasmiy taklif yuborgandi. Klubning ayni damdagi egalari o‘tgan juma kunini so‘nggi muddat sifatida belgilagan. 17 fevralga qadar ikkita yirik taklif kelib tushdi. Ulardan biri Shayx Yassimniki bo‘lib, u 5 milliard atrofida ekani aytiladi.
Noyabr oyidayoq "MYU"ni sotuvga qo‘yilgani va xaridorlardan takliflar kutilayotgani xabar qilingan. Quyida shulardan ikkitasi haqida so‘z boradi.

Ular kimlar?

Shayx Yassim bin Hamad al-Taniy Qatarning eng yirik banklaridan birining raisi sanaladi. U, shuningdek, Qatarning sobiq bosh vaziri va Fors ko‘rfazi davlatlari tashkiloti a’zosining o‘g‘li hamdir.
Guardian bergan ma’lumotda aytilishicha, Shayx 1992 yildan beri "MYU"ga muxlislik qiladi. U shu sababdan ham o‘z fondiga "Nine Two" deb nom bergan.
70 yoshli Ser Jim Retkliff ham "qizil iblislar"ning uzoq vaqtdan beri qo‘llovchisi sanaladi. U Oldxem shahrida tavvalud topgan va kimyoviy kompaniya hisoblanadigan INEOS'ning asoschisi hisoblanadi. Uning kompaniyasi fransuz klubi "Nissa", Shveysariyaning "Lozanna" hamda Formula 1 jamoasi bo‘lmish "Mercedes"ga egalik qiladi.

Ularning boyliklari qancha?

Shayx Yassim "QIB" bankining raisi va uning banki ixtiyorida 42 milliard funt jamlangan. Qolaversa, u Qatar qirollik oilasiga ham aloqador shaxsdir. Uning "MYU"ga da’vo qila boshlashi, "PSJ"ga egalik qiluvchi korxona bilan aloqadorlik borasida savollar tug‘ilishiga sabab bo‘lgandi.
Ikkinchi da’vogar Retkliffning shaxsiy pullari esa 6.1 milliard funt ekani aytilgan. "Bloomberg" esa britaniyalik kompaniyasi umumiy 11.3 milliard funtga egalik qilishini yozgandi.

Ularning "MYU" uchun kelajakdagi rejalari qanday?

Shayx Yassimning rejasida klub barcha qarzlardan ozod qilinishi va eski-shonli davrlarga qaytarilishi va’da qilinadi. Klub 2012-13 yilgi mavsumdan beri APLda chempion bo‘la olgani yo‘q. Shu sababdan katta o‘zgarish qilish zarur. Agar qatarliklar boshqaruvga kelsa, klub stadioni yangilanadi. Barcha kerakli jihozlar olinib, infrastrukturaga e’tibor qaratiladi. Barcha jamoalarga birdek sarmoya kiritiladi.
Retkliffning rejasi esa jamoani o‘zi yoshligida ko‘rgan davrlariga qaytarishdir. Jamoa progressiv, zamonaviy va muxlislar qanotidagi loyihaga aylantirlishi kerak. Buning uchun esa inglizcha yondashuv talab qilinadi.

Muxlislar nima deydi?

"Manchester Yunayted"ning bir jinsli muxlislar jamiyati klubning qatarliklar qo‘liga o‘tishini istamaydi. Negaki, Qatarda bir jinsli nikoh ta’qiqlangan va ma’naviy buzuqlik sifatida qabul qilinadi. Bu esa "MYU"ning kamalak rangli bayroq tutgan muxlislariga yoqmayapti. Shu sababdan ular uchun Retkliff varianti eng maqbuli sifatida e’tirof etiladi. Klub sotuvi borasidagi ovoz berish jarayonlari shuni ko‘rsatadiki, muxlislarning 45.75 foizi oldxemlik boyni, 44.55 foizi qatarlik investorlarni yoqlagan. Qolgan 3.59 foiz ovoz Gleyzerlarning qolishi, 6.11 foizi esa boshqa bir xaridorga sotish kerakligini ko‘zda tutgan.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:28, 20.02.2023.
O'qildi: 2559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.