Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Aleksandr Nasonov: «Shaskix murabbiy sifatida futbolchilardan hujumkorlikni talab qiladi»

Aleksandr Nasonov: «Shaskix murabbiy sifatida futbolchilardan hujumkorlikni talab qiladi»

Baho:
+ | -

Ukrainalik himoyachi Aleksandr Nasonov o‘tgan mavsum "Paxtakor" klubida faoliyat olib bordi. Futbolchi Toshkent jamoasi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, "sherlar"ga hozirda Kiyevning “Dinamo” klubi sobiq hujumchisi Maksim Shaskix ustozlik qilmoqda.

— Siz o‘tgan mavsumda "Paxtakor" bilan mamlakat chempioni bo‘ldingiz. G‘oliblik haqidagi taassurotlaringizni aytib bering.
— Taassurotlar juda kuchli. Men ilk bor mamlakat chempioni bo‘ldim, ko‘z-yoshlarimni tiya olmadim. Bu men uchun haqiqiy yutuq edi.

— O‘zbekiston chempionatida raqobat qay darajada? Unvonni qo‘lga kiritish qiyin bo‘ldimi?
— Hammasi oxirgi turda hal bo‘ldi. Chempionlik uchun asosan 3 ta jamoa kurashdi. Birgina xato hamma narsani hal qilishi mumkinligini bilar edik. O‘zbekiston Superligasida deyarli hamma  klublarning kuchlari teng edi. Hamma raqiblar bilan juda qiyin o‘yin o‘tkazdik, ayniqsa, oxirgi o‘rinda borayotgan jamoalar bilan. Shu bilan birga deyarli har turda sensasiyalar qayd etildi. "Paxtakor" hammani asabiylashtiruvchi jamoaga ham aylangan edi. Klubga moslashish uncha qiyin bolmadi, xuddi "Dinamo" va "Shaxtyor"dagidek. Superligada deyarli barcha klublar bizdan ochko tortib olishga harakat qildi, barchasida o‘ziga xos motivasiya bor. Shu bois chempionlikni qo‘lga kiritish bir muncha qiyinroq bo‘ldi.

— O‘zbekistonda stadionlarga muxlislarning tashrifi haqida nimalar deya olasiz?
— Markaziy uchrashuvlarga ko‘plab muxlislar tashrif buyuradi. Agar derbilarda o‘ynasak, stadion deyarli to‘ladi, autsayderlar bilan bahslarda esa, tribunada 100 tacha muxlis bo‘ladi. "Navbahor" bilan Toshkentdagi va Namangandagi o‘ynlarda esa atmosfera ancha boshqacha, ayniqsa Namanganda mahalliy muxlislar o‘z klublarini qo‘llab-quvvatlash uchun kelishadi.

— Ukraina hamda O‘zbekiston chempionatlarining saviyasini solishtirsa olasizmi?
— Agar o‘tgan yili Ukraina Premyer-ligasida o‘ynaganimda solishtirsam bo‘lardi. Lekin ikkinchi ligada o‘ynaganim sabab ikki davlat Oliy ligasini solishtirish menimcha noto‘g‘ri. Ukraina Premyer ligasida raqobat ancha kuchli. Tezkor va texnikali futbolchilar nisbatan ko‘proq. Nazarimda Ukraina chempionati jamoalari o‘yin taktikasi va tashkiliy jihatdan biroz kuchli.

— "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shaskix qo‘l ositdagi faoliyatingizni qay darajada baholaysiz?
— Uning rahbarligidagi faoliyatimdan ko‘plab taassurotlar qoldi. Maksim Aleksandrovich raqib maydonning o‘ziga tegishli tomonidan siljimasligi uchun hujumkor futbolni talab qilardi. Har bir o‘yindan oldin u bizga mana bunday ko‘rsatma bergan: "Birinchi bo‘limda ikkita-uchta gol urib, so‘ngra ozroq dam oling". Lekin har doim ham bunday bo‘lavermasdi".

— "Paxtakor" yana bir mavsum faoliyat olib borish imkoniyati bormidi?
— Menimcha yo‘q edi. "Paxtakor" bilan shartnomam tugadi va uni uzaytirish taklifi berilmadi. Moliyaviy nuqtai nazardan hamma narsa o‘z joyida edi, maoshlar vaqtida to‘landi. Lekin, bilishimcha klubda kichik muammolar bor — homiy, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra mablag‘ni qisqartirgan.

— O‘zbekiston kundalik hayotida sizni nima hayratda qoldirdi?
— Menga u yerlik odamlar o‘ziga xos bo‘lib ko‘rindi. Ehtimol, biroz dangasadek. Lekin boshqa taraflarma olsak — juda mehribon. O‘zbekiston Osiyo qit’asida joylashgan hamda bu mamlakat hali ham Yevropadan biroz orqada ekani seziladi —  mashinalar, do‘konlar bo‘yicha. Biror bir mahsulotni Yevropaning boshqa davlartlaridan import qilish imkoni yo‘q. Hamma narsa asosan, Rossiyadan keltiriladi.

— O‘zbekistonda Ukrainadagi urushni kuzatib borishadimi?
— Ko‘rishyapti, lekin faqat Rossiya telekanallarini ko‘rsatishadi, u yerdagi barcha rus tilida so‘zlovchilar tomosha qiladi, keyin esa nima deyishayotganini o‘zim tushunib olaman. Bir kuni taksida ketayotgan edim, haydovchi mening ukrainalik ekanligimni bilib, Ukrainada faqat nasistlar yashaigini aytdi. Shunda unga e’tiroz bildirib, bizda hech qanday nasistlar yashamaydi dedim.

Kiritildi: 21:08, 20.02.2023.
O'qildi: 2286 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.