Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bugun Saloh va "Liverpul" "Real"dan qasos olishga urunib ko‘radi (prevyu)

Bugun Saloh va "Liverpul" "Real"dan qasos olishga urunib ko‘radi (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun tunda 2022/23 yilgi mavsum Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "Liverpul" va "Real"ning birinchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Quyida ikki jamoa holati haqiad so‘z yuritamiz. 

Turnir yo‘li

"Liverpul" Chempionlar ligasining guruh bosqichida 15 ochko jamg‘argan bo‘lsada, birinchi pog‘onani «Napoli»ga boy berdi: neapolliklar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha inglizlarni ortda qoldirdi. Madridning "Real" klubi 13 ochko jamg‘arib, "Leypsig"ni bir ochkoga ortda qoldirib, birinchi o‘rinda Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

"Liverpul"

1. "Liverpul" himoyadagi muammolar va yomon o‘yinlardan aziyat chekmoqda

"Liverpul" bu mavsumda avvalgilariga qaraganda yomonroq o‘yin ko‘rsatmoqda va jahon chempionatidagi pauza Yurgen Klopp jamoasiga yordam bermadi: klub mavsumi qayta boshlanganidan so‘ng, "qizillar" 12 o‘yindan atigi to‘rttasida quruq o‘yin o‘tkazdi va jami 18 ta gol o‘tkazib yubordi. “Manchester Siti”, "Brentford", "Brayton" va "Vulverxempton" jamoalari "Liverpul" darvozasiga uchtadan gol urgan. 

Ammo hujumda ham muammolar bor: barcha musobaqalardagi so‘nggi beshta o‘yinda "Liverpul" 7,99 golli imkoniyat yaratgan bo‘lsada, atigi beshta gol urgan. Darvin Nunyes, Muhammad Saloh va Kodi Gakpo haligacha maksimal formasiga chiqa olmadi.

2. So‘nggi g‘alabalar "qizillar"ga ishonch bag‘ishlashi kerak

Biroq, barcha o‘yin muammolariga qaramay, "Liverpul" ketma-ket ikkita g‘alabaga erishdi va o‘z navbatida "Everton" (2:0) va "Nyukasl" (2:0)ni mag‘lub etdi. Bu g‘alabalar jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishi kerak, Trent Aleksandr-Arnold "qarg‘alar" bilan o‘yindan so‘ng: "Jamoa o‘zini his qila boshladi va biz ko‘nikkan "Liverpul"ga o‘xshay boshladi".

3. "Liverpul"da hali ham yo‘qotishlari bor

"Liverpul"ning ushbu mavsumdagi yomon natijalarining sabablaridan biri bu jarohatlar bo‘lib, ular hali ham jamoanii ortga tortmoqda. Tiago Alkantara, Luis Dias va Ibrahima Konatelar jarohati tufayli bu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. "Nyukasl"ga qarshi bahsda yelkasidan jarohat olgan Darvin Nunyesning ahvoli haqida savollar bor. Katta ehtimol bilan urugvaylik "Real"ga qarshi o‘yinda tiklanishga ulguradi, ammo hozircha uning maydonga tushishiga ishonch yo‘q.

Biroq so‘nggi haftalar "Liverpul" muxlislari uchun xushxabar keltirdi: Virjil van Deyk, Diogu Jota va Roberto Firminolar to‘liq sog‘ayib, maydonga qaytishdi. 

Real Madrid

1. Benzema o‘ynashga tayyor, ammo Kroos, Mendi va Tchuameni o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.

Karim Benzema 21 o‘yinda 14 ta gol urgan "Real Madrid"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Jarohat tufayli fransiyalik futbolchi "Osasuna" bilan uchrashuvni o‘tkazib yubordi, ammo u "Liverpul" bilan o‘yinga tayyor bo‘ladi.

Ammo Madridning kadrlar bilan bog‘liq muammolari kamaymayapti: asosiy tarkibdagi uchta eng muhim futbolchi "Liverpul" bilan bahsda o‘ynamaydi. Gap Toni Kroos (gastroenterit), Aureliyen Tchuameni (gripp) va Ferland Mendi (jarohat) haqida ketmoqda - uchalasi ham Chempionlar ligasi o‘yini uchun "qaymoqranglilar" qaydnomasiga kiritilmagan.

Va agar "Real Madrid" allaqachon Mendisiz o‘ynashga o‘rganib qolgan bo‘lsa, unda Tchuameni va Kroosning yo‘qligi jamoaga jiddiy bosim o‘tkazadi: bular asosiy yarim himoyachilar, ularsiz madridliklar maydon markazida jiddiy ravishda qiyinchilikka uchraydi. 

2. "Real Madrid" natijaga erishmoqda, lekin hali ham o‘yindagi muammolari yetarli

"Malyorka"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng "Real" 100 foizlik natijani ko‘rsatmoqda: Madridliklar ketma-ket to‘rtta o‘yinda umumiy 15:4 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo raqiblar saviyasini hisobga olish kerak: "Real" "Al-Ahli" (4:1), "Al-Hilol" (5:3) va "Elche" (4:0) bilan o‘ynadi, ko‘rinib turganidek raqiblar kuchli emas. Ammo yagona yaxshi darajada o‘yin ko‘rsatayotgan raqib "Osasuna" bilan o‘yinda madridliklar qiyinchilikka duch kelishdi.

"Osasuna" "Real" bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, "Galaktikos" butun birinchi bo‘limda pamploniyaliklar darvozasiga faqat bitta zarba yo‘lladi. Shu bilan birga, madridliklar to‘pga ko‘proq egalik qilgan bo‘lsalarda, hududiy ustunlik "Osasuna" tomonida edi (53,5%: 43,5%). Ha, "Real" yakunda g‘alaba qozondi, jumladan, uchrashuv oxiridagi raqibning charchoqlari tufayli, ammo "Liverpul" kabi yaxshiroq jamoa bilan Madridga yanada qiyinroq bo‘ladi. Kroos va Tchuameni maydonga tushmasligini inobatga olsak, inglizlar o‘sha "Osasuna" kabi "Real"ni pressing qilish orqali yarim himoyadagi ustunlikni qo‘lga kiritishlari mumkin.

Tarkiblar va taktikalar

"Liverpul" so‘nggi ikki uchrashuvda bo‘lgani kabi 4-3-3 sxemasi bo‘yicha o‘ynaydi. Bundan tashqari, tarkibda biz, yuqori ehtimollik bilan, minimal o‘zgarishlarni ko‘ramiz - hamma narsa Darvin Nunyesning o‘yin kunidagi holatiga bog‘liq bo‘ladi. Urugvaylik futbolchi maydonga tushishga tayyor bo‘lmasa, hujumning chap qanotida uning o‘rnini jarohatidan forig‘ bo‘lgan Diogo Jota egallaydi.

Alisson; Robertson, Van Deyk, Gomes, TAA; Baychetich, Fabinyo, Xenderson(S); Jota, Gakpo, Saloh 

"Real" mavsum davomida o‘zgarmagan 4-3-3 sxemasi bo‘yicha o‘ynaydi. Rodrigo o‘rniga Karim Benzema asosiy tarkibda maydonga tushadi. Sog‘ligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan Tchuameni va Kroos o‘rniga Eduardo Kamavinga va Dani Sebalyos maydonga tushadi. Jarohat olgan Mendi o‘rniga David Alaba chap qanotga o‘tadi, uning himoya markazidagi o‘rnini Antonio Ryudiger egallaydi.

Kurtua; Karvaxal, Militao, Ryudiger, Alaba; Modrich, Kamavinga, Sebalyos; Valverde, Benzema(S), Vinisius.  

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:02, 21.02.2023.
O'qildi: 3919 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.