«Barselona» hujumchisi Ferran Torres «Manchester Siti»da Xosep Gvardiola boshchiligidagi o‘yinlarini esladi.
Pep futbol haqida shunchalik ko‘p narsani biladiki, nima bo‘lishini oldindan aytib bera oladigan murabbiylardan biridir. U meni doim hayratda qoldirgan.
«Manchester Siti»ni tark etish oson bo‘lmadi, lekin shu ma’noda jarohatlar menga yordam berdi. Men yetuk bo‘ldim va jamoadan ketishim oson bo‘lmadi», - deya Ferran Torresning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo.
22 yoshli Ferran Torres 2020 yildan 2022 yilgacha «Manchester Siti»da o‘ynagan.