Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 00:00 Real Madrid 3-2 Alaves
25/09 17:30 Paxtakor 6-0 Olimpik
25/09 17:30 Ispaniya 1-2 Venesuela
25/09 20:30 Andijon 0-0 Neftchi
25/09 20:30 Paragvay 3-1 Afg‘oniston
25/09 22:00 Jirona 0-0 Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 17:30 Eron - Marokash
26/09 18:30 Navbahor - So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo - Surxon
26/09 20:00 Portugaliya - Qozog‘iston
26/09 20:00 Argentina - Xorvatiya
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum - Metallurg
27/09 17:30 Tailand - Fransiya
27/09 19:15 OKMK - Lokomotiv
27/09 23:45 Milan - Lechche
28/09 00:00 Valyadolid - Malyorka

APL. Barcha jamoalarning o‘rtacha yoshi: "Arsenal" bu boradagi birinchilikni "Sautgempton"ga berib qo‘ydi

APL. Barcha jamoalarning o‘rtacha yoshi: "Arsenal" bu boradagi birinchilikni "Sautgempton"ga berib qo‘ydi

Baho:
+ | -

"Arsenal" tarkibi juda ham yosh. Shu bilan birgalikda hozirda ajoyib sport formada. Ammo yaqinda qilingan transferlar bu jamoaning "eng yosh" maqomidan tushirib qo‘ydi. Quyida APL jamoalarning o‘rtacha yoshi haqida so‘z boradi.

1. "Sautgempton" – 24.2 yosh

Gevin Bazunu (21), Armel Bella-Kochap (20) va Romeo Laviya (19) yozgi oynada jamoaga olib kelingandi. Bu transferlar jamoaning o‘rtacha yoshini 25.4 dan 24.2 ga tushishiga sabab bo‘ldi. Shu tufayli hozir "avliyolar" rasman Angliyadagi eng yosh jamoaga aylandi. Yuqorida nomlari qayd etilgan jamoalarning bari "Chelsi"ga qarshi g‘alabali bahsda ishtirok etgandi.

2. "Arsenal" –24.3 yosh

Yanvarda sotib olingan Jorjinyo va Leandro Trossardlar klub o‘rtacha yoshining biroz oshishiga sabab bo‘ldi. Shunga qaramay, to‘pchilar chempionlik uchun kurashayotgan tarixdagi eng yosh jamoadir.

3. "Lids" – 24.9 yosh

Jessi Marshning jamoadan ketishi qanday ta’sir ko‘rsatishini bilmaymiz. Ammo nisbatan ancha yosh bo‘lgan "Lids" bugundan yangi murabbiy bo‘lmish Xavi Garsiya qo‘lida bo‘ladi. Ko‘ramiz, u klubda nimalarni o‘zgartira olarkin.

4. "Lester Siti" – 26.0 yosh

"Tulkilar"ning yanvarda sotib olgan uchta futbolchisi 20, 23 va 24 yosh oralig‘ida edi. Bu esa jamoaning umumiy o‘rtacha yoshiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Ammo Brenden Rojers shogirdlari kelayotgan turda jiddiy raqibga qarshi maydonga chiqishi kerak.

5. "Nottingem Forest" – 26.1 yosh

APL debyutanti yozda 23 ta futbolchi sotib olgan va shulardan 14 tasining yoshi 25 dan kichik edi. Shunga qaramay, "Manchester Siti" bilan o‘tgan so‘nggi o‘yinda "o‘rmonchilar" asosiy tarkibida 6 ta 30 yoshdan katta futbolchilar bo‘lgan. Bu esa o‘rtacha yosh ko‘rsatkichiga ta’sir qilgan.

6. "Brentford" – 26.1 yosh

Angliya poytaxti shunday joyki, bu yerda qariya futbolchilarga deyarli joy yo‘q. "Brentford" ham bundan mustasno emas. London klublari jamoa tarkibini yoshartirishni davom ettirmoqda.

7. "Bornmut" – 26.1 yosh

Yosh jamoa yosh murabbiy bilan APLda qolish uchun qo‘lidan kelganicha kurash olib bormoqda. Ammo hamma o‘yinlar ham "olchalar" uchun omadli bo‘layotgani yo‘q.

8. "Vulverxempton" – 26.2 yosh

Kreyg Douson, Mario Lemina va Pablo Sarabiyalar yanvar oyida sotib olingandi. Bu narsa umumiy yosh ko‘rsatkichining ko‘tarilishiga olib keldi.

9. "Everton" – 26.3 yosh

Amadu Onana va Natan Patterson 21 yoshda. Duayt Maknil esa 23ni qarshi olgan. Bu futbolchilar yozda xarid qilingan. Shu orqali jamoa ancha yoshargandi. Masalan, o‘tgan mavsumda liverpulliklarning o‘rtacha yoshi 27.1 bo‘lgan.

10. "Chelsi" – 26.7 yosh

Jamoa egasi Todd Byolining maqsadi "Stemford Brij"da super yosh-talantlarni yig‘ishdan iborat ekani aytiladi. Ammo, shunga qaramay, "Chelsi" asosiy tarkibida Tiagu Silva kabi "otaxon" futbolchilar bor (39 yosh).

Xo‘sh qolgan o‘nta jamoaning ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:

11. "MYU" – 26.7
12. "Aston Villa" – 26.8
13. "Brayton" – 26.9
14. "Kristal Pelas" – 26.9
15. "Manchester Siti" – 27.2
16. "Nyukasl" – 27.3
17. "Liverpul" – 27.4
18. "Tottenxem" – 27.6
19. "Vest Xem" – 28.0
20. "Fulxem" – 28.2.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 11:43, 22.02.2023.
O'qildi: 2301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.