Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Gleyzerlar parda ortida "MYU"ni qanday "emirgan" edi?

Gleyzerlar parda ortida "MYU"ni qanday "emirgan" edi?

Baho:
+ | -

Gleyzerlar oilasi sport olamidagi eng bahsli nomlardan biri sanaladi. Milliarderlar oilasi "MYU"ni 2005 yilda sotib oladi. Shundan beri muxlislar ularni klubdan pul ishlash vositasi sifatida foydalanayotganlikda ayblab keladi. Quyida muxlislarning bu iddaosi qanchalik haqiqatligini bilib olasiz.

Yig‘ilgan daromadlar

"Old Trafford" APLdagi eng katta stadion hisoblanadi. Uning sig‘imi 74 mingdan ortiq insonni o‘ziga chorlaydi va o‘yin kunlari ochiq bo‘ladi. Albatta, shunday katta o‘yingohdan katta tushum bo‘lishi ham aniq. Gleyzerlar davrida "MYU" chiptalar sotuvidan jami 7.5 milliard funtdan ortiq foyda ko‘rgan. Bunga klub brendining mashhur bo‘lgani ham ta’sir ko‘rsatadi. Ammo rahbariyat bu pullarni oqilona sarflamaydi.

Maoshlar

Futboldagi maoshlar 2005 yildan keyin keskin ko‘tarilib ketdi. Bu narsa, ayniqsa, APLda yaqqol ko‘zga tashlangandi. Gleyzerlar klubni sotib olgan paytda "qizil iblislar" yiliga 77 millionni, futbolchilar maoshlari uchun ishlatardi. Bu raqam so‘nggi yillarda besh karra oshgan. Bugun "MYU" Angliyada futbolchilar uchun eng ko‘p maosh to‘layotgan klub sanaladi. Moashning haftalik o‘rtacha ko‘rsatgichi 178 ming funtga teng. Futbolchilar ichida eng katta maoshni David De Xea oladi (375 ming funt/hafta). Muxlislar esa rahbariyatni qimmat futbolchilarni sotib olib, ulardan natija chiqara olmaslikda ayblab keladi. Umuman olganda, bu gaplarda jon bor.

Klub ma’muriyatidagi maoshlar

Rahbariyatda ishlaydigan xodimlar maoshi ham 2005 yildan beri muttasil oshib bordi. Xususan, Gleyzerlar hozirga qadar bu maoshlar hajmini 6 marta ko‘paytirgan. Masalan, 2018 yilda sport direktori yillik 4.1 million funt maosh olgan. Bu degani haftasiga 80 ming funtga teng. Mana shu hajm ham APLdagi uncha-muncha yulduz futbolchilarning maoshidan ko‘proqdir.

Ijaraga beruvchilar puli

"MYU"ga futbolchi ijaraga berganlar hech qachon taqdirlanishlarsiz qolmagan. Ular Gleyzerlar davrida, ayniqsa, siylandi. Masalan, joriy vaqt davomida 917 million funt ijaraga olingan futbolchilarga sarflangandi. Shuningdek, aksiyadorlarga ham 167 million funt to‘lab berilgan. Ammo Gleyzerlar sabab klub 18 yil ichida jami 354 million funt zarar ko‘rganini ham ta’kidlash joiz.

Noto‘g‘ri sarf-xarajat

"MYU"ning yaqin o‘tmishdagi natijalari pulni to‘g‘ri yo‘naltira olmasligi sababli ancha pasayishga uchradi. Masalan, futbolchi sotib olishga Gleyzerlar jami 2 milliard sarflagan bo‘lib, shu hajmning to‘rtdan bir qismigina olingan futbolchilar tomonidan qoplangan xolos. Pol Pogba va Anxel Di Mariya kabi nomlar klub uchun amalda faqatgina ziyon keltirdi.

Stadion infrastrukturasi

"Old Trafford"ga bo‘lgan e’tibor juda ham pasayib ketgandi. Gleyzerlar buning asosiy aybdori sanaladi. Masalan, infratuzilmaga e’tibor borasida "MYU" Angliyada 8 o‘rinni band etgan. 2010 yildan beri bu sohaga jami 98 million funt ajratilgan xolos. Buni klub afsonalaridan biri Gari Nevill keskin tanqid qilgandi: "Hattoki, "Enfild" ham "Old Trafford"dan ko‘ra ancha zamonaviyroq. Bilasizmi, "Tottenxem" yangi stadion qurishga 1.3 milliard funt sarflab yubordi. Bu aqlbovar qilmas summa, aslida. So‘nggi yigirma yilda "MYU"da deyarli hech narsa o‘zgarmadi. Aynan mana shu omil ham natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 14:13, 22.02.2023.
O'qildi: 3735 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.