Kirish Ro'yxatdan o'tish

Chalxano‘g‘lu: "Portu"dek jamoaga qarshi g‘alaba qozonish oson emas"

Chalxano‘g‘lu: "Portu"dek jamoaga qarshi g‘alaba qozonish oson emas"

Baho:
+ | -

"Inter" yarim himoyachisi Xoqon Chalxano‘g‘lu Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki o‘yinida "Portu" ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Muhim natijaga erishdik. Bunday jamoaga qarshi g‘alaba qozonish oson emas, lekin Romelu va sheriklarim tufayli biz bunga erishdik. Biroq, qarama-qarshilik hali tugamagan. Bizni Portugaliyada juda qiyin o‘yin kutib turibdi. U yerda g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Chempionlar ligasi juda muhim turnir. Bu yerda juda qiyin uchrashuvlar bo‘ladi, lekin biz har safar kurashamiz. Lukaku uchun xursandman. Jarohatdan keyin unga oson bo‘lmadi. Endi u mo‘’jizalar yaratishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bu biz uchun juda muhim", - dedi Chalxano‘g‘lu UYEFA matbuot xizmatiga.

Kiritildi: 10:27, 23.02.2023.
O'qildi: 926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.