Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Arablarga alqov yoxud Gari Nevill Gleyzerlar "MYU" boshqaruvida qolishidan xavotirda

Arablarga alqov yoxud Gari Nevill Gleyzerlar "MYU" boshqaruvida qolishidan xavotirda

Baho:
+ | -

So‘nggi chiqqan xabarlarda aytilishicha, Gleyzerlar xonadoni "Manchester Yunayted"ni sotib yuborsa ham, klub aksiyalarining katta qismini o‘zida olib qoladi. Bu xabarni eshitgan klub afsonasi Gari Nevill o‘z xavotirlarini bildirib o‘tdi. Amerikalik biznesmenlar oilasi klubni 6 milliard funtga baholamoqda. Ammo u sotilgan taqdirda ham, klub boshqaruvidan Gleyzerlar nomi butunlay ketmaydi.

Yuqoridagilarga munosabat bildirar ekan, Nevill shunday deydi: "Gleyzerlar klubni sotish ustida ishlamoqda. Ammo ularning ko‘pligidan xabaringiz bor. Shu sabab Gleyzerlarning ayrim aka-ukalari yoki opa-singillari klub aksiyaneri bo‘lib qolishi mumkin. "Manchester Yunayted"ning butun boshli armiyasi Gleyzerlar hukmronligini tugatishni talab qilib turgan bir paytda, endi bu xabar paydo bo‘ldi. Menimcha, bu narsa muhitni faqat yomon tomonga o‘zgartiradi.

Gleyzerlar pulni noto‘g‘ri sarflagani sababli, yetishmovchiliklar kelib chiqdi. Ular stadionga umuman e’tibor bermay qo‘ygandi. Aynan mana shu nuqta, Gleyzerlarning so‘nggi o‘n yildagi eng xato siyosati edi. Muxlislar esa yangi stadion istayapti. Hozirgisi, yoki ta’mirlanishi kerak, yoki yangi o‘yingoh qurilishi lozim. O‘ylashimcha, bu klubdan keladigan daromadlar qurilish uchun bemalol yetardi. Ha, jamoaning o‘zi hozir turnir jadvalida yomon ahvolda emas. Ular uchinchi o‘rinda. Ammo bu yetarli bӯla olmaydi".

Gari Nevill "MYU"ning sotilish jarayonini tashkil qilayotgan "Reine" banki borasida ham fikr bildirgandi. Bank talabgorlarga, muxlislar kuchidan foydalanib, Gleyzerlar statusini tushirishga harakat qilmasliklarini sӯragan.
Nevillga ko‘ra, u muxlislar uchun anonim so‘rovnoma tashkil qilgan. Unda odamlarning ko‘pchiligi qatarlik sarmoyadorlarga ovoz bergan. Jim Retkliff esa ikkinchi pog‘onada qolib ketgan. Garchand Qatar hukumati ayollar va migrant ishchilar huquqi hamda bir jinslilar jamiyatiga salbiy munosabatda bo‘lsa ham, muxlislar aynan ularni afzal ko‘rmoqda. Bunga asosiy sabab o‘rta sharqliklar egaligida "Manchester Siti" va "Nyukasl"ning keskin yuksalishidir.

Nevill muxlislar tanlovi haqida shunday deydi: "Qatarliklar klubni barcha qarzlardan halos qilmoqchi. Negaki, klub yaqin yillar ichida qarzlar sababli muammolarga duch kelayotgandi. Muxlislarning fikriga O‘rta Sharq boylarining APLda qanday jamoalar qurgani katta ta’sir o‘tkazdi. Hozir Angliyada ikkita davlat qaramog‘idagi jamoa bor. Ma’muriyat arab sarmoyadorlarini kirib kelishiga ruxat berdi. Shunday ekan, men ham, endilikda "MYU"ni qatarliklar sotib olmasligi kerak deya olmayman. Negaki, aynan mana shunday voqealar bundan 15 yil oldin "Manchester Siti" bilan, ikki yil ilgari esa "Nyukasl" bilan ro‘y berdi. Hozir ular qanday jamoaga aylanganini hamma ko‘rib turibdi. Natija kerak bo‘lsa, ayrim narsalardan kechishni o‘rganish lozim".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:26, 23.02.2023.
O'qildi: 2520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.