"Brayton" bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi FA unga qarshi ayblovlar qo‘yganidan so‘ng, lavozimidan chetlatilishi mumkin. Ayblovlar murabbiyning nomaqbul xatti-harakati bilan bog‘liq - "Fulxem" bilan o‘yindan so‘ng (0:1) de Zerbi hakam bilan gaplashgani uchun qizil kartochka oldi.
Dushanbaga qadar de Dzerbi ayblovlarga javob berishi kerak. Diskvalifikasiya qilingan taqdirda, italiyalik keyingi o‘yinda zaxira o‘rindig‘ida o‘tirolmaydi, deb yozadi The Athletic.
Avvalroq mutaxassis hakam bilan janjallashmaganini, shunchaki unga o‘z fikrini bildirganini aytgandi.
"Brayton" hozirda Premyer-liga turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.