"Liverpul"ning "Real"ga uchragan yirik hisobdagi mag‘lubiyat, Yurgen Klopp erasining yakuni yaqinligini bildiradi. Klopp o‘z faoliyati davomida mersisayd klubini, olish mumkin bo‘lgan har bir sovringa erishtirdi. "Liverpul" bir necha yildan beri "Manchester Siti" bilan tengma-teng kurash olib boruvchi jamoa sifatida e’tirof etilib kelmoqda. Ammo nemis mutaxassisi vaziyatni o‘nglash uchun keskin o‘zgarishlar qilishga muhtoj bo‘lib turibdi. Agarda jamoaning APLda 8 o‘rinda ekani yetarli bo‘lmasa, u holda "Enfild"dagi sharmandali mag‘lubiyat jamoani qayta qurish kerakligini uchun yaqqol signaldir.
Buning uchun "Liverpul" ham Ser Aleks Ferguysonning "MYU"da 26 yil davomida qilgan ishlarini amalga oshirishi kerak. Klopp jamoada qoladi deylik. Agar shunday bo‘lsa, tarkib yangilanishi shart. Yozda jamoaning beshta futbolchisi erkin agentga aylanadi. Shuningdek, Jordan Xenderson, Fabinyo, Jo Gomes va Alkantara kabi futbolchilar bilan ham xayrlashish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Kelayotgan yoz "Liverpul" uchun katta o‘zgarishlar davrini boshlab berishi kerak. Quyida qurilajak yangi jamoaning kimlar asosida bo‘lishini taxmin qilib ko‘ramiz.
Luis Dias
Sport formasining yomonligi, klubda Luis Diasning jarohati bilan bog‘lanadi. Ya’ni, bu ham omilllardan biri. Sadio Mane o‘rinbosarida katta futbolchiga aylanish uchun hamma imkoniyatlar bor. Kolumbiya terma jamoasi a’zosi o‘tgan mavsumda har 90 daqiqada 4.5 ta dribbling ijro etgan. Bu esa jamoaning boshqa futbolchilarinikidan ko‘proqdir. Dias jarohatidan tuzalsa, shubhasiz, jamoaga yangi kuch beradi.
Darvin Nunyes
Ko‘plab tanqidlarga qaramasdan Nunyes bu mavsumning ayrim pallalarida top-hujumchilarga xos daraja namoyish eta oldi. Endi esa hammasi uning o‘ziga bog‘liq. Negaki, Nunyesga hali "Enfild"da yetarlicha imkon taqdim etiladi. Klopp Nunyesning nimalarga qodir ekanidan yaxshi xabardor. Agarda urugvaylik o‘sishdan to‘xtamasa, "Liverpul" u uchun haqiqiy muvaffaqiyat maydoniga aylanadi.
Stefan Baychetich
"Liverpul" muxlislari allaqachon 18 yoshli yarim himoyachining nimalarga qodir ekanidan xabardor bo‘ldi. ispaniyalik futbolchi yaqindagina "Liverpul" safida debyut qilgan YECHLdagi eng yosh futbolchiga aylangandi. Baychetich kelajakda mersisayd klubining qayta qurilishida muhim o‘rin tutadi deb taxmin qilingan.
Ibraima Konate
Virjil van Deyk va Joel Matip 30 yoshdan oshganini hisobga oladigan bo‘lsak, himoya chizig‘ida kelajak uchun variant qidirish lozim. Shunday nomzodlardan biri Konatedir. Bu mavsumda fransuz himoyachisining jarohatlardan aziyat chekkanini hisobga olsak, u hali o‘zidan kutilgan darajaga chiqa olgani yo‘q. Konate 2022 yilning YECHL finalida eng yaxshi harakat qilgan futbolchilardan biri edi. Kelajakda Konate "Liverpul"ning qalqoniga aylanishi mumkin. Jeymi Karrager Konate haqida shunday degan edi: "O‘ylashimcha, u jamoa kelajagi. Hozir "Liverpul"da ikki top markaziy himoyachi bor va shulardan biri Konatedir. Afsuski, u Jahon chempionati finalida o‘ynay olmadi. Ammo Didye Desham Konatening Upamekanodan yaxshiroq ekanini tushunishi kerak".
Jud Bellingem
Hali "Liverpul" oldida juda nozik va muhim masala turibdi. U ham bo‘lsa, Bellingemni o‘ziniki qilish. 19 yoshli yarim himoyachiga Yevropaning eng katta klublari da’vogarlik qilmoqda. Ammo hammadan ham ko‘ra, "Liverpul" unga muhtojroq. "Borussiya Dortmund" himoyachisi mersisaydliklar tomonidan anchadan beri kuzatib kelinadi. Agarda Bellingem "Liverpul"ni tanlasa, yaqin kelajak, shubhasiz, uning atrofida quriladi.
ISMATOV J.