"Barselona"ning sobiq himoyachisi Jerar Pike Yevropa ligasi 1/16 finali javob o‘yinida kataloniyaliklarning “Manchester Yunayted”dan uchralgan mag‘lubiyati (1:2) haqida fikr bildirdi.
Qayd etish kerakki, bu mag‘lubiyat "ko‘k-anorranglilar"larga Yevropaning ikkinchi muhim klub turniridagi ishtirokini davom ettirishga imkon bermadi, chunki bu jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yin durang (2:2) bilan yakunlangandi.
"Men o‘yinni ko‘rdim. Bu bema’nilik! — dedi Pike Barca Universal bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Pike futbolchilik faoliyatini shu yil boshida yakunlagan edi.