Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Andrey Shevchenko 24 fevral kuni haqida: «O‘sha tongning har bir lahzasi esimda. Bu hayotimdagi eng og‘ir onlar»

Andrey Shevchenko 24 fevral kuni haqida: «O‘sha tongning har bir lahzasi esimda. Bu hayotimdagi eng og‘ir onlar»

Baho:
+ | -

Ukrainalik sobiq futbolchi Andrey Shevchenko 2022 yilning 24 fevral kunini yodga oldi. O‘sha kuni Rossiya Ukraina hududida harbiy harakatlarni boshlagandi.

“Rostini aytsam, o‘sha tongning har bir soniyasini eslayman. Buni unutib bo‘lmaydi. Ayniqsa onamning qo‘ng‘irog‘ini. U qayg‘uda edi, yig‘lardi. Bu hayotimdagi eng og‘ir onlar bo‘lgandi ehtimol — biz juda qo‘rqqan voqea sodir bo‘lgani haqida yomon xabarni eshitish.

Albatta, mening oilam ko‘chib ketishni istamayapti. Singlim shunday dedi: "Qolishni xohlaymiz. Vaziyat qanday tus olishini kuzatamiz. Balki biror nima birdaniga o‘zgarar". Oilamga yordam berish uchun shunchaki qaytishni xohladim... Vatanimga yordam berish uchun. Va albatta, onamga ko‘maklashish uchun. Onam shunday dedi: "O‘z ovozingdan foydalan. Gapir", — deydi Shevchenko.

Shundan keyin Shevchenko Londonda qolgan.

“O‘g‘lim bilan Londondagi Trafalgar maydoniga bordik. U yerda miting bo‘layotgandi. Ukraina xalqiga yordam berish uchun odamlarni voqealardan xabardor qilish kerak edi. Tanish-bilishlarimni ishga solishim kerak edi.

Kiyev va butun Ukraina raketa zarbalari ostida qolganini eslayman, bu esa elektr ta’minotini ishdan chiqardi. Men hech qachon yurtimni, Kiyevimni chiroqsiz qolganini ko‘rmaganman. Biroq odamlarning reaksiyasi kuchli bo‘ldi. Biz yana-da kuchliroq birlashdik. Bir-birimizga yordam berishni boshladik, buyumlarni bo‘lishdik.

Eng muhimi dastlabki haftalarda ukrainalik sportchilar jipslashdi. Bular Vladimir va Vilatiy Klichko, Oleksandr Zinchenko... Vatanda qolgan ukrainalik sportchilar bilan faxrlanaman. Ular harbiy xizmatga yollandi, Ukrainani himoya qilish uchun kurashdi. Chet elda harakat qilayotganlari esa hech qaysi lahzada Ukrainani esdan chiqarmadi”, — deydi Shevchenko.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:46, 24.02.2023.
O'qildi: 2839 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик