Sobiq "Chelsi" futbolchisi Jo Koul jamoani Meyson Mauntga yangi bitim taklif etishga chaqirdi. U shunday deydi:
"U uch-to‘rt yildan beri klubga katta yordam berib kelmoqda. Maunt o‘zini jamoa uchun qurbon qildi. Menimcha, u "Chelsi"da qolishni istaydi. Hozir umumiy natijalar yaxshi emas. Ammo Meyson Mauntga bu holat bog‘liq ham emas. Shu sabab "Chelsi" uni olib qolishi lozim. U liderlik xususiyatiga ega futbolchi".