Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Yetakchilarga qaramlik, Mbappening bir bosh ustunligi va transferdagi xatoliklar — «PSJ»ning muammolari

Yetakchilarga qaramlik, Mbappening bir bosh ustunligi va transferdagi xatoliklar — «PSJ»ning muammolari

Baho:
+ | -

Parij klubining muammolarini ko‘rib chiqamiz.

Parijdagi muammoli qish. Jahon chempionati tanaffusidan oldin «PSJ» va «Napoli» ichki chempionatlarda mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa edi. 2022 yilgi jahon chempionatidan keyin neapolliklar g‘alaba qozonishda davom etishdi, parijliklar esa aksincha mag‘lubiyatlar bilan oshno bo‘lishdi. So‘nggi bir necha hafta ichida poytaxt klubida ayniqsa og‘ir vaziyat yuzaga keldi.

Dastlab, Kristof Galtye shogirdlari Fransiya kubogini 1/8 finalida «Marsel»ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘yishdi. Shundan so‘ng «PSJ» milliy chempionatda «Monako»dan 3 ta gol o‘tkazib yubordi (1:3). 3 kundan keyin parijliklar Chempionlar ligasining 1/8 finalida o‘z uyida «Bavariya»ga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi va chorak finalga chiqish ishini qiyinlashtirdi.

Ha, «Lill»ga qarshi kechgan bahsda esa Fransiya chempionlari faqat uchrashuv so‘ngidagina g‘alaba qozonishni uddaladi. Ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan so‘ng, inqiroz haqida gapirishga ertadir, lekin shu bilan birga, «PSJ»ning tanazzulga yuz tutishi aniqlashib bormoqda. Bu natijalarda ham, o‘yinda ham seziladi. Buning bir qancha sabablari bor.

Mbappe va Messining jarohati

Kilian Mbappe va Lionel Messi mavsum davomida ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yuborishmaydi, ammo ularsiz «PSJ» jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Oktyabr oyida argentinaliksiz parijliklar o‘shanda Liga 1 turnir jadvalining pastida turgan «Reyms» darvozasiga gol ura olmagandi. 2023 yilning ilk o‘yinida Fransiya chempioni «Lans»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O‘shanda argentinalik jahon chempionatidan keyin dam olayotgandi. Yaqinda «Monako»ga qarshi o‘yinda Leo yo‘q edi, o‘shanda «PSJ» 1 ta gol urib, 3 ta gol o‘tkazib yubordi.

Parijdagi notinch qish: «PSJ»ning tanazzulga uchrashi sabablari

Mbappesiz ham parijliklar ancha yomon harakat qiladi. Yanvar oyi o‘rtalarida Kilian «Renn»ga qarshi atigi 35 daqiqa o‘ynadi. Fransuz gol urishga ulgurmadi va jamoasi minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi. Chempionlar ligasi doirasidagi «Bavariya»ga qarshi o‘yinda ham xuddi shunday, hujumchi jarohatdan so‘ng 33 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Bungacha hujumchisiz «PSJ» Liga 1da «Monako»ga, Fransiya kubogida esa «Marsel»ga mag‘lub bo‘lgandi. Shu bilan birga, parijliklar mavsum davomida Mbappe va Messi birinchi daqiqalardan maydonga tushgan birorta o‘yinda mag‘lub bo‘lishmadi.

Muvaffaqiyatsiz transferlar

Galtye faqat dekabr oyidagina transfer bozorida jiddiy ishlash zarurligi haqida gapirmadi. «PSJ» birinchi navbatda sifatli himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi edi. Parijliklar tarkibida 3 ta markaziy himoyachi bor: Markinyos, Presnel Kimpembe va Serxio Ramos. Bu yetarli emas. To‘liq kuchli tarkib uchun kamida bitta ortiqcha o‘yinchi kerak. Fransiya chempioni «Inter» himoyachisi Milan Shkrinyarni olishni juda xohladi, ammo bu transferni amalga oshira olmadi. «Neradzurrilar» futbolchini qo‘yib yuborishmadi, chunki unga munosib o‘rinbosar topa olmasliklari ma’lum bo‘ldi.

«PSJ» shuningdek, «Chelsi» vingeri Xakim Ziyeshni qo‘lga kirita olmadi. O‘sha paytda marokashlik London klubida kam o‘yin amaliyotiga ega edi. U Neymar va Messidan bosimni olib tashlashi kerak edi, ammo bu reja hech qachon amalga oshmadi. Parijliklar «Chelsi»ni transferni buzganlikda ayblashdi. Mish-mishlarga ko‘ra, londonliklar Enso Fernandes bilan shartnoma imzolash ishlariga shunchalik sho‘ng‘iganki, Ziyeshni transfer qilish uchun bir necha bor noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlarni Fransiyaga yuborishgan. Oxir-oqibat, kelishuv amalga oshmadi.

Sport direktori va murabbiydan norozilik

Fransiyada OAV «PSJ» futbolchilari sport direktori Luish Kampushning ishidan noroziligini yozishmoqda. Ularning fikricha, funksioner o‘tgan mavsumga nisbatan tarkibni zaiflashtirgan. Yarim himoya jamoadagi asosiy muammolardan biri sanaladi. Kampush Parijga Renatu Sanshesh, Fabian Ruis, Vitinya va Karlos Solerni olib keldi, ammo Marko Verratti o‘rta chiziqdagi yagona top o‘yinchi bo‘lib qolmoqda. Galtyega kelsak, mish-mishlarga ko‘ra, mutaxassisning taktik g‘oyalari futbolchilarga yoqmaydi. Murabbiy ko‘pincha Mbappeni boshqa o‘yinchilardan ustun qo‘yganidan hamma ham xursand emas. Bir vaqtning o‘zida bir nechta manbalarga ko‘ra, jamoadagi muhit buzilib bo‘lgan.

Eng yaxshi o‘yinchilarning kelajagi noaniq

Messi, Neymar va Mbappedan iborat hujum triosi parchalanib ketish ehtimoli bor. Leoning «PSJ» bilan shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Tomonlar shartnomani uzaytirish borasida haligacha kelisha olishmadi. Ehtimol, argentinalik yozda erkin agentga aylanadi. Mish-mishlarga ko‘ra, Messining Parij klubidagi kelajagi jamoaning Chempionlar ligasidagi o‘yiniga bog‘liq bo‘ladi. «PSJ» Chempionlar ligasini katta ehtimol 1/8 final bosqichidayoq tark etishi mumkinligini hisobga olsak, Messini saqlab qolish foizlari unchalik yuqori emas. Jumladan, Neymarning kelajagi ham noaniq. Braziliyalik futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar tuzilgan. Ammo, OAV xabariga ko‘ra, klub joriy mavsum oxirida futbolchi bilan xayrlashishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, «PSJ» futbolchining uchrashuvlarga beparvo munosabatidan norozi. Ushbu yangilik fonida Mbappening kelajagi haqidagi savol avtomatik tarzda ko‘tariladi. Agar Messi va Neymar klubdan ketsa, fransiyalik futbolchi jamoada qolishni xohlaydimi?

Qolaversa, Ramosning shartnomasi nihoyasiga yetmoqda, Kimpembe ham jamoani tark etmoqchidek. Bu esa parijliklarning muammolarini yanada kuchaytiradi. Umuman olganda, «PSJ» ancha qiyin ahvolda. Natijalar ham, jamoadagi vaziyat ham yomonlashmoqda, noaniqliklar ko‘payib bormoqda. Parijliklarni oldinda juda ko‘p ishlar kutib turibdi - murabbiylar shtabi ham, klub rahbariyati ham har bir qaror oldidan jiddiy o‘ylab olishi kerak. «PSJ» sport loyihasining muvaffaqiyati yana so‘roq ostida qolgan.

Kiritildi: 16:14, 25.02.2023.
O'qildi: 2288 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.