Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

"Arsenal"ning Granit Jaka bilan xarid qilgan besh futbolchisi. Ularning taqdiri ne kechgandi?

"Arsenal"ning Granit Jaka bilan xarid qilgan besh futbolchisi. Ularning taqdiri ne kechgandi?

Baho:
+ | -

Granit Jaka yetti mavsumdan beri "Arsenal"da faoliyat yuritib kelmoqda. U ikki mavsum oldin muxlislar bilan urishib qolib, jamoadan ketmoqchi edi. Ammo unday bo‘lmadi. Shveysariyalik yarim himoyachi 2016 yilning yozida 35 million funt evaziga xarid qilinadi. Hozirda 30 yosh bo‘lgan futbolchi Mikel Arteta jamoasida muhim o‘rin tutdi. 2016 yilda Arsen Venger jamoani kuchaytirish uchun 100 million funtga futbolchilar xarid qilgandi. Quyida Jaka bilan jamoaga olib kelinganlar va ularning taqdiri haqida so‘z boradi.

Shkodran Mustafi

Mustafi "Valensiya"dan 35 million evaziga xarid qilinadi. Germaniya safida Jahon chempioniga aylangan himoyachi, avvaliga hammasini ajoyib boshlagandi. U bilan "Arsenal" 21 ta bahsda mag‘lubiyatga uchramaydi. Mustafi faoliyatiga birgina jiddiy jarohat katta dog‘ bo‘lib tushdi. Shundan keyin u o‘zini tiklay olmadi va keyingi mavsumlarda zaxirada qolib ketdi. Germaniyalik futbolchi 2021 yilda klub bilan xayrlashgandi. Mustafi "Arsenal"da 150 ta o‘yin o‘tkazgan. Uning keyingi manzili "Shalke 04" bo‘ldi. Ayni damda Shkodran La-liganing "Levante" klubida harakat qiladi.

Takuma Asano

Asano 2016 yilda 20 yoshli o‘spirin sifatida jamoaga keladi. Ko‘plar bu transferni tanqid qilgandi. Negaki, u Yaponiyaning ikkinchi divizionidan xarid qilingan. "Arsenal"ning asosiy tarkibida yaponiyalik hujumchi uchun joy yo‘q edi. Shu sabab u 2019 yilda Belgrad shahrining "Partizan" klubiga sotib yuboriladi. Asano Venger davrining eng o‘shxamagan transferi bo‘lib qoladi.

Rob Xolding

"Bolton"dan 2016 yilning yozida 20 yoshli markaziy himoyachi sotib olinadi. Uning simi Xolding edi. Uning xaridi to‘pchilar uchun 2 million funtga tushgan va ko‘pchilik noroziligiga sabab bo‘lgandi. Xolding hali ham klub safida Saliba va Gabriel o‘rinbosari sifatida harakat qiladi. Mikel Arteta uni asosan zaxiradan hisobni ushlab qolish kerak bo‘lgan paytlarda tushiradi. Xolding bugunga kelib yosh jamoaning katta futbolchisiga aylangan. U muxlislar va jamoadoshlari tomonidan qadrlanadi.

Lukas Peres

"Arsenal"ning Jeymi Vardini sotib olish operasiyasi amalga oshmaydi. Shu sabab Arsen Venger 2016 yilda "Deportivo"dan Lukas Peresni olib keladi. U 17 million funtga sotib olingandi. Garchand u YECHLda "Bazel" darvozasiga xet-trik yo‘llagan bo‘lsa ham, Venger unga ishonch bildirmadi. Keyingi mavsumda u "Vest Xem"ga 5 million evaziga sotib yuborilgandi. Peres "Arsenal"da jami 21 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 5 ta assist qilishga erishgan.

Kelechi Nvakali

Nigeriyaning 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi 2015 yilgi Jahon chempionatida zafar quchadi. O‘shan tarkibda Viktor Osimxen bor edi. U turnirning "Oltin butsa"siga ega chiqqan. Uning jamoadoshi Kelechi Nvakali esa eng yaxshi futbolchi sifatida "Oltin to‘p" sovriniga loyiq topiladi. Bu ikkisining taqdiri keyinchalik ikki xil kechdi. Nvakali "Arsenal" tomonidan 2016 yilda sotib olinadi. Arsen Venger u haqida shunday degandi: "Biz Nvakalini top-futbolchi qilamiz. Uning jahon chempionatida ko‘rsatgan o‘yini hammasiga isbot bo‘la oladi".
"Arsenal" yosh futbolchisini ijaralarga berdi. Ammo asosiy jamoaga chaqirmadi. Oradan uch yil o‘tib, u "Ueska" klubiga ko‘chib o‘tdi. Ayni damda u 23 yoshda va hali o‘zidan kutilgan natijalarni bergani yo‘q. Ammo uning sobiq jamoadoshi Osimxen "Napoli"da katta ishlarni amalga oshirib tashladi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 17:00, 25.02.2023.
O'qildi: 1403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.