Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

La liga. «Real» bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan «Atletiko»ga qarshi bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

La liga. «Real» bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan «Atletiko»ga qarshi bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Baho:
+ | -

«Real» Ispaniya chempionatining 23-turi doirasida o‘z maydonida «Atletiko»ni qabul qilib, ochko yo‘qotdi.

Birinchi bo‘limda teng o‘yin bo‘ldi va hisob ochilmadi. BAhsning 64-daqiqasida esa "matraschilar" yarim himoyachisi Anxel Korrea maydon markazida Ryudigerning qorniga urgani uchun maydondan chetlatildi.

Bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan "Atletiko" 79-daqiqada "standart"da hisobni ochdi: Grizmann yetkazib bergan uzatmani Xose Ximenes bosh bilan darvozaga burib yubordi.

85-daqiqada esa 18 yoshli Alvaro Rodriges hisobni tenglashtirdi. Modrich burchakdan yetkazgan to‘pga "Madrid" tarbiyalanuvchisi bosh bilan zarba berib, to‘pni darvozaga joyladi.

O‘yinda durang qayd etildi. "Barselona" ertaga "Almeriya"ni mag‘lub etsa, farqni 10 ochkoga yetkazadi.

Ispaniya chempionati, 23-tur
Real Madrid – Atletiko 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 78 Ximenes, 1:1 – 85 Rodriges.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 83), Ryudiger, Militao, Nacho (Rodriges, 77), Kroos (Kamavinga, 63), Sebalyos (Modrich, 63), Valverde, Benzema, Asensio (Tchuameni, 63), Vinisius Junior.
Atletiko – Oblak, Molina, Savich, Ermoso, Reynildu (Ximenes, 23), Lyorente (Lemar, 57), Saul (Morata, 76), Koke (Vitsel, 77), Barrios (Korrea, 46), Karrasko, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Militao (7), Koke (22), Lyorente (36), Nacho (56), Molina (71), Modrich (90).
Chetlatish: Korrea (64).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:37, 26.02.2023.
O'qildi: 3980 marta.
Fikrlar: 89 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик