Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

"Liverpul" yana bir yomon natijasini takrorladi

"Liverpul" yana bir yomon natijasini takrorladi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining yigirma beshinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Liverpul” klubi Londonda “Kristal Pelas”ni mag‘lub eta olmadi, uchrashuv 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu "Liverpul"ning Londonda deyarli besh yil ichida o‘tkazgan birinchi gol ura olmagan uchrashuvi bo‘ldi.

Bu voqea oxirgi marta 2018 yilning 6 mayida sodir bo‘lgan, o‘shanda “Liverpul” “Chelsi”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. O‘shandan beri Yurgen Klopp shogirdlari Londonda kamida 28 ta o‘yin o‘tkazib, har safar gol urishdi - kechagi oqshomgacha.

Keyingi turda "qizillar" o‘z uyida "Vulverxempton"ni qabul qiladi, bu birinchi mart kuni sodir bo‘ladi.

Kiritildi: 08:02, 26.02.2023.
O'qildi: 924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик