Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ana, xolos! Aqlsiz itga hukm

Ana, xolos! Aqlsiz itga hukm

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Nyukasl» klubi muxlislaridan biri Angliya Liga kubogi finali chiptasini g‘ajib tashlagan Rudi laqabli itiga jiddiy hukm o‘qidi.

Sohibini final chiptasidan mahrum qilgan it sotiladi! Narxi ham tayin - atigi 5 funt sterling. Ajabo, bu hazilmi yoki...?

Angliya Liga kubogi finali chiptasidan ayrilgan «Nyukasl» muxlisining ism-sharifi - Alan Kerling. U 18 fevral kuni o‘tkazilgan «Nyukasl» - «Liverpul» o‘yinidan so‘ng uyiga tushkun kayfiyatda qaytdi. Binobarin, «qarg‘alar» 0:2 hisobida yutqazishdi, kamiga Eddi Xau jamoasining APLda 17ta o‘yinga cho‘zilgan mag‘lubiyatsiz odimi uzildi. Qarangki, alamzada fanat uyga kirgani hamono Angliya liga kubogi finaliga sotib olgan chiptasini burdalab tashlangan holatda ko‘rdi. Endi uning qanday jazavaga tushganini o‘zingiz tasavvur qilib olavering...

Xullas, Kerling o‘z itiga urush ochdi va «Feys­buk» tarmog‘ida uni sotuvga qo‘yganini e’lon qildi. «Bu - mening itim Rudi. Kichik yulduzchaga aylangan yaramas kuchukcha uyimizga pochta orqali yuborilgan xatlarni tajovvuzkor hujum sifatida ko‘rib, ularni o‘z o‘rnida yo‘qotishga tushadi. Mana, Rudi bu safar men yo‘qligimda «Uembli»ga kirish huquqini beruvchi chiptani chaynash tashlabdi. Ehtimol, u bu bilan meni kuldirmoqchi bo‘lgandir. Lekin hukm qat’iy - it 5 funt sterlingga sotiladi», - deb yozgan Alan Kerling Rudi suratini ham havola qildi. Ehtimol, bu hazildir, buni Alanning o‘zi biladi. Ma’lumot uchun, «Nyukasl» 26 fevral kuniga belgilangan Angliya liga kubogi finalida «MYU»ga qarshi o‘ynaydi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:00, 26.02.2023.
O'qildi: 2017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик