Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

OKMK so‘nggi nazorat o‘yinida g‘alaba qozondi

OKMK so‘nggi nazorat o‘yinida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

OKMK Olmaliqda Navoiyning «Qizilqum» jamoasini qabul qildi. O‘yin yopiq eshiklar ostida o‘tkazildi.

Uchrashuv qiziqarli kurashlarga boy o‘tdi. Dastlabki daqiqalardan jamoamiz ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Ko‘plab hujumlar uyushtirildi. 25-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng Sardor Rahmonov mehmonlar darvozasiga xavf soldi, ammo hisob ochilmadi. Shundan so‘ng jamoamiz hujumlari kuchaya boshladi. 37-daqiqada yigitlarimiz penalti ishlashdi. Ruben Sanches nuqtadan adashmadi – 1:0

Shuningdek, ikkinchi bo‘limda ham jamoamiz to‘p nazoratida ustunlik qilishdi. Himoya chizig‘imiz anchayin tartibli harakat qildi. 64-daqiqaga kelib jamoamizning ko‘p sonli hujumlaridan birida Mirjamol Qosimov darvoza tomon kuchli va aniq zarba yo‘lladi, ammo gol bo‘lmadi. 67-daqiqada ajoyib kombinasiyadan so‘ng Oybek Rustamov Xurshid G‘iyosovni qulay uzatma bilan ta’minladi va Xurshid to‘pni darvozaga joyladi – 2:0

Ushbu hisob uchrashuv yakuniga qadar saqlanib qolindi va navbatdagi g‘alaba tantana qilindi.

Nazorat o‘yini
26 fevral, yakshanba
OKMK – «Qizilqum» 2:0
Gollar: Sanches (36-pen), G‘iyosov (67)
OKMK - (4-3-3) Valijon Rahimov – Dilshod Ahmadaliyev, Abdulla Abdullayev, Sardor Rahmonov, Vitaliy Denisov – Oybek Rustamov, Mirjamol Qosimov, Siavash Xaqnazariy, Irakli Rukhadze, Ruben Sanches, Shohruh Gadoyev
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar – Muhammad Ali Salim, Anzur Ismoilov, Xurshid G‘iyosov, Akramjon Komilov, Mirjahon Mirahmadov, Eldorbek Begimov, Martin Boake, Muhammadanas Hasanov, Sirojiddin Bashriddinov

Ushbu nazorat o‘yini OKMK uchun so‘nggisi bo‘ldi. Keyingi uchrashuv rasmiy o‘yin hisoblanadi. Superliga doirasida OKMK 1-turda «Surxon» jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv «Paxtakor» stadionida soat 14:00da start oladi.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 19:40, 26.02.2023.
O'qildi: 1046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.