Shvesiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich jamoaga moslashishga harakat qilayotgan belgiyalik yangi futbolchi Sharl de Ketelareni qo‘llab-quvvatladi.
«Menga uning o‘yinlari yoqadi, o‘zimning harakatlarimni unda ko‘raman. U xuddi «Ayaks»dagi yoshligimni eslatib yuboradi.
U yerda ham moslashishga qiynalganman, bunga bir yil vaqt ketdi. Bu yerda uning uchun hamma narsa yangi, yangi mamlakat, yangi maydonlar.
Tez orada u o‘ynab ketadi, u shunchaki miyyasidagi muzlarni joyidan siljitishi kerak, murabbiy aytganini qilishing kerak», - deya Ibrahimovichning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.