"Milan"ning 41 yoshli markaziy hujumchisi Zlatan Ibrahimovich nihoyat jarohatidan tuzalib ketdi va "Atalanta"ga qarshi o‘yinda (2:0) maydonga qaytdi. U faoliyatini qachon yakunlashi haqida gapirdi.
"Agar men bugungidek bo‘lsam, keyingi mavsumda emas, yana bir necha yil o‘ynayman", - deya Ibrahimovichdan iqtibos keltiradi Football Italia.
Umuman olganda, Zlatan Ibrahimovich “Milan” safida 160 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularda shved 92 gol urgan va sheriklariga 35 golli uzatma bergan.