Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

U-20 Osiyo kubogi. O‘zbekiston musobaqani ishonchli g‘alaba bilan boshladi

U-20 Osiyo kubogi. O‘zbekiston musobaqani ishonchli g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+ | -

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqichi 1-turida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Suriyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv Ravshan Haydarov shogirdlarining folligida boshlandi. Vaqt o‘tib suriyaliklar ham bir necha bor xavfli yurishlar qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bo‘limning ikkinchi yarmida ustunlik to‘liq o‘zbekistonlik yoshlar tomonida bo‘ldi.

37-daqiqada Abbosbek Fayzullayev chap qanotda belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom bajarib, hisobni ochdi: to‘p olis "to‘qqizlik" orqali to‘rga borib tushdi.

Bo‘lim tugagunga qadar O‘zbekiston vakillarida yana bir nechta golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi, xususan, Nodirbek Abdurazzoqov yaqin masofadan bo‘sh qolgan darvozani aniq nishonga ololmadi.

68-daqiqada hisob 2:0 ko‘rinishini oldi: Fayzullayev to‘pni burchakdan kiritganidan keyin raqib futbolchisi boshi bilan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Guruhning narigi o‘yinida Iroq yoshlari Indoneziya ustidan g‘alaba qozongandi (2:0).

Parallel o‘tgan "B" guruhidagi o‘yinda Eron terma jamoasi minimal hisobda Qatardan ustun keldi.

U-20 Osiyo kubogi, 1-tur bahslari
1 mart, chorshanba
O‘zbekiston U-20 — Suriya U-20 - 2:0
Gollar: 1:0 – 37 Fayzullayev, 2:0 – 68, avtogol Al-Hejjeh.
O‘zbekiston U-20: 21. Otabek Boymurodov, 3. Abduqodir Husanov, 6. Jahongir O‘rozov, 7. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (23. Asadbek Jo‘raboyev, 90), 8. Behruzbek Asqarov (4. Abubakr Ashurov, 90), 10. Umarali Rahmonaliyev, 13. Zafarmurod Abdurahmatov, 14. Abbosbek Fayzullayev (16. Shahzodbek Rahmatullayev, 82), 15. Diyorbek Ortiqboyev, 17. Nodirbek Abdurazzoqov (19. Shahzod Akramov, 60), 20. Mahmudjon Mahamadjanov.
Suriya U-20: 1. Maksim Sarraf, 3. Xolid al-Hejjeh, 5. Amir Al-Fayod, 6. Malik Janir, 7. Hasan Usmon (21. Muhammad Asad, 87), 8. Mahmud Nayef, 9. Zakariya ar-Ramadon, 10. Mahmud Al-Asvad, 12. Mahmud Manna (11. Elias Safar, 62), 14. Almekdad Ahmad, 15. Muhammad Otman.
Ogohlantirishlar: Abdurazzoqov (31), Al-Hejjeh (83).

Qatar U-20 — Eron U-20 0:1
Gol: 0:1 – 65, penalti Hazbaviy.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:09, 01.03.2023.
O'qildi: 2427 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик