Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Timur Kapadze: «Paxtakor»ga qaraganda yaxshiroq o‘yin namoyish etdik va haqli g‘alabaga erishdik»

Timur Kapadze: «Paxtakor»ga qaraganda yaxshiroq o‘yin namoyish etdik va haqli g‘alabaga erishdik»

Baho:
+ | -

Superliga 1-turi doirasida bugun «Olimpik» safarda «Paxtakor»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida olimpiyachilar bosh murabbiyi Timur Kapadze quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

— Avvalambor, yangi mavsum boshlangani bilan barchani tabriklayman! O‘ylaymanki, mavsum har taraflama yaxshi o‘tadi. «Paxtakor»ga qaraganda yaxshiroq o‘yin namoyish etdik va haqli g‘alabaga erishdik. Uch ochko bilan yigitlarimizni tabriklayman. Bu bizga kelgusi o‘yinlarda kuch bag‘ishlaydi.

— «Paxtakor» uchun ustunlikni saqlab qolish qiyin bo‘ldi, ayniqsa, 2-bo‘limda...
— «Paxtakor» kuchli jamoa. Albatta, qayerdadir xato qildik va ulgurmagan vaziyatlarimiz bo‘ldi. Bizda ham, raqibda ham qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Shunga qaramasdan, oxirigacha bardosh bera oldik va g‘alaba qozondik.

— Birinchi bo‘lim yakunlangach, Mirsaidov va Turg‘unboyevga nima dedingiz?
— Maydon ichidagi narsa maydon tashqarisiga chiqmasligi kerak. Bir-biridan xafa bo‘lmasligi uchun ularni yarashtirib qo‘ydim.

— «Olimpik» ko‘pincha uzoq masofadan gol o‘tkazib yuboradi. Bu muammo qachon hal bo‘ladi deb o‘ylaysiz?
— Yigitlar hali yosh. Bu bo‘yicha ish olib borilyapti. Albatta, bunday holatlar uchrab turadi. Standartga kelsak, o‘yinlarda uchrab turadigan holat sanaladi. Ikkinchi gol sodir bo‘lgan vaziyatni esa qayta ko‘rib chiqamiz va darvozabonlar murabbiyining fikrini ham tinglaymiz.

— Rahbariyat jamoaga alohida maqsad qo‘yganmi?
— Biz har doim yuqori maqsadlarni ko‘zlaymiz. Shunga yarasha ish olib boramiz, yakunda natija qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

— Jasur Jaloliddinov pressinglarda unchalik qatnashmasligini inobatga olsak, «Olimpik» unga moslashadimi yoki u «Olimpik»gami?
— Jasurni hammamiz yaxshi bilamiz. U o‘z o‘yinini ko‘rsatsa, jamoaga foyda keltiradi. U ham jamoaga, jamoa ham unga moslashishi lozim. Jasur jismoniy tarafdan kuchayib boradi degan umiddaman. 2-3 turdan keyin umuman boshqa Jasurni ko‘ramiz deb o‘ylayman.

— Jaloliddinovni yangi pozisiyada o‘ynatdingizmi?
— U o‘z vazifasini to‘liq bajara oldi. Jasurning o‘ziga xos xislatlari bor. Biz bundan foydalanishimiz joiz. Jaloliddinov terma jamoaning ham yetakchilaridan biri sanaladi. U maydonda ma’lum vazifalarni bajardi.

Manba: fcolympic.uz
Kiritildi: 22:15, 03.03.2023.
O'qildi: 1669 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.