Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Samvel Babayan: “Joriy mavsumda oddiy raqiblar bo‘lmaydi”

Samvel Babayan: “Joriy mavsumda oddiy raqiblar bo‘lmaydi”

Baho:
+ | -

Superligasining 1-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qizilqum” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.  Samvel Vyacheslavovich an’anaga muvofiq, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Assalomu alaykum, hurmatli jurnalistlar! “Navbahor” jamoasi muxlislarini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Biz ishqibozlar uchun o‘ynaymiz. Doimo g‘alaba va xursandchilik bo‘lsin.

O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, mavsumning birinchi bahsi bo‘lgani tufayli futbolchilarda hayajon sezildi. Umuman olganda uchrashuv boshidan oxirigacha o‘yin nazorati bizning qo‘limizda bo‘ldi. Birinchi o‘yinda futbolchilarimiz muxlislarga rohat ulashadigan o‘yin namoyish etishdi. Bu mavsumda o‘tkinchi o‘yinlar bo‘lmasligining guvohi bo‘lyapmiz. Barcha jamoalar  seleksiyani yuqori saviyada amalga oshirdi. Umid qilamanki, har bir jamoa 2023 yilgi mavsumda munosib tarzda ishtirok etib, xuddi o‘tgan mavsumdagidek, so‘nggi turgacha murosasizlik saqlanib turadi.

Bu yilgi chempionat o‘tgan mavsumdagidan ko‘ra, qiziqroq bo‘lsa kerak. Yangi futbol mavsumi bilan barcha muxlislarni tabriklayman va ularga sihat – salomatlik tilayman.

Ayniqsa, “Navbahor”  ishqibozlarini g‘alabalardan zavqlanishlarini tilab qolaman.

- Bir yil avval “Navbahor”ga kelgan Yegor Krimes hali ham jamoada debyut o‘yinini o‘tkazmadi. Uning jarohati o‘ta jiddiymi? Uning keyingi taqdiri nima bo‘ladi?

- Krimesning jarohati haqiqatdan ham og‘ir va faoliyatini davom ettirishi qiyin edi. Ammo u yaqinda  jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi va sekin-asta jarohatidan tiklanmoqda. Men Yegor bilan doimo aloqadaman. Umid qilamanki, u kelajakda “Navbahor” hamda milliy terma jamoamizga yordam beradi. 

- Hisob 1:0 bo‘lib turgan paytda muxlislar tarkibda o‘zgarish amalga oshirishni  talab qilishdi va ushbu o‘zgarishlar foyda berdi. Bunga qanday izoh berasiz?

- O‘zgarishlar muxlislarning talabi bilan amalga oshgani yo‘q, balki biz vaziyatga qarab ish tutdik. Muxlislar g‘alabani xohlashadi va shu sabab ehtiroslariga tayanib, fikr bildirishadi. Yaxshiyamki, safimizda zaxiradan maydonga tushib, o‘yinni kuchaytira oladigan futbolchilar bor va buni uchrashuvning 2-bo‘limida amalga oshirdik. Joriy mavsumda oddiy raqiblar bo‘lmaydi, har bir jamoa “Navbahor”ga qarshi o‘zgacha tayyorgarlik bilan maydonga chiqadi. Bugun yigitlar sifatli o‘yin namoyish etishdi.

- Keyingi raqib “Metallurg”. Bekobodliklar  mazkur turda “Neftchi”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdi. Ushbu bahsga tayyorgarlik qanday bo‘ladi?

- Eyforiya yo‘q, bugungi bahsda yo‘l qo‘yilgan xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, vaziyatga real baho beramiz. Avval aytganimdek, bu mavsum oddiy jamoalar bo‘lmaydi. Oldimizga oliy maqsadlar qo‘yilgan.

- Mamlakatimizda U-20 Osiyo chempionati o‘tkazilyapti. Yordamchi murabbiylar yoki skautlar futbolchilarni kuzatib borishyaptimi?

- Bu yigitlarni yaxshi taniyman. Ko‘plab futbolchilarni 10 yoshligidan bilaman. Hammani kuzatib boryapmiz, biroq ularning amaldagi shartnomalari bor. “Navbahor” vakili ham ushbu terma jamoada o‘ynayapti. Viloyat hokimi boshchiligida futbol akademiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.

So‘zim oxirida yigitlarga, jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytib, qilayotgan barcha ishlarimiz ishqibozlarni baxtli qilish, sevimli jamoalari bilan faxrlanishlari, g‘alabalardan zavq olishlari uchun amalga oshirilayotganligini ta’kidlamoqchiman. Bizni qo‘llab-quvvatlashda davom eting. Barchaga rahmat!

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:34, 05.03.2023.
O'qildi: 1211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.