Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Asror Aliqulov: “Navbahor” safidagi futbolchilarning mahorati va jismoniy holati juda yuqori”

Asror Aliqulov: “Navbahor” safidagi futbolchilarning mahorati va jismoniy holati juda yuqori”

Baho:
+ | -

Superligasining 1-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qizilqum” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida navoiyliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov qatnashib,jurnalistlarning savollariga javob berdi.  

“Qizilqum” ustozi an’anaga muvofiq, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

Avvalo, Superliga starti, “Navbahor” muxlislarini esa g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, biz futbolchilarni “Navbahor”ga qarshi kechadigan o‘yinda bosimga qarshi turishga tayyorladik. Futbolchilar maydonda borini berib  harakat qilishdi, ammo xatolar evaziga jazolandik. O‘yinda ko‘p hujum uyushtira olmadik va ularni oxirigacha yetkaza olmadik. Natijada gol urolmadik.

- “Navbahor sizni hayron qoldira oldimi?

- Yo‘q, hayron qoldirmadi. Chunki, Navbahor” safidagi futbolchilarning mahorati va jismoniy holati juda yuqori, bundan tashqari, Samvel Babayan qo‘l ostida futbolchi sifatida faoliyat olib borganman va u insonning qanchalik kurashuvchan xarakterga ega ekanligini yaxshi bilaman. Aynan shular “Navbahor”ning kuchli tomonlari desam adashmagan bo‘laman.

- O‘tgan yili “Qizilqum”da futbolchilar, murabbiylar va rahbariyat o‘rtasida muammolar kelib chiqqan edi. Hozir jamoadagi muhit qanday?

- Hozir muhit o‘zgargan. To‘g‘ri, muammolar bor, lekin ular mayda muammolar. Futbolchilarning tartib-intizomi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jamoani bir oila sifatida shakllantirishga harakat qilyapmiz, lekin bu qisqa vaqt ichida bo‘ladigan narsa emas.

- O‘tgan mavsum “Qizilqum”da o‘ynab ketgan nomdor futbolchilarning jamoa haqida bildirgan fikrlaridan so‘ng yangi mavsumga futbolchilar jalb etishda muammolar paydo bo‘lmadimi?

- Muammolar bo‘ldi. Kuchli futbolchilar jamoani tark etgach, ayrim  o‘yinchilar taklifimizni rad etishdi. Ayni paytda jamoaviy o‘yinni shakllantirishga harakat qilyapmiz. Yigitlar harakat qilishdi. Shogirdlarim yirik hisobdagi mag‘lubiyatga mos o‘yin namoyish etishmagandi.  

Bu yilgi mavsum syurprizlar bilan boshlandi. Keyingi o‘yinlarda ham shunday syurprizlar bo‘ladimi yoki bu  mavsum avvalida barcha jamoalarning kuchi tengligi bilan bog‘liqmi?

- Jamoamiz ham shakllanyapti. Shogirdlarimga dastlabki 15-20 daqiqa “Navbahor” bosim uyushtiradi, deb uqtirgandik. Ammo shunday bo‘lsada, 19-daqiqada o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldik. Yigitlarda maydonda o‘zaro til topishishda biroz muammolar bor.

Joriy mavsum davomida yaxshi jamoa tuzish, tartibli futbol namoyish etish, muxlislarning ishonchini qozonishga harakat qilamiz.  

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 01:17, 05.03.2023.
O'qildi: 1762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.