Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Baxtiyor Ashurmatov: "Buni juda ham uyatli mag‘lubiyat deb ta’riflasa bo‘ladi"

Baxtiyor Ashurmatov: "Buni juda ham uyatli mag‘lubiyat deb ta’riflasa bo‘ladi"

Baho:
+ | -

Superliganing 1-turidan o‘rin olgan “Turon” – “Buxoro” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi va mag‘lubiyatga izoh berdi.

“To‘g‘risi, shuncha ko‘rgan tayyorgarligimiz, amalga oshirgan seleksiyamiz, rahbarlar va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi – hammasini birgina o‘yin yuvib yubordi. Afsuski, buni juda ham uyatli mag‘lubiyat deb ta’riflasa bo‘ladi. Son jihatdagi ustunlikdan foydalana olmadik. “Buxoro” bugun o‘z mehnati evaziga g‘alaba qozondi. Ushbu mag‘lubiyatda aybni to‘liq o‘z bo‘ynimga olaman. To‘g‘ri, ilk turda kutilmagan hisoblar ko‘p bo‘ldi, lekin bizning o‘yin sifatimiz ham ayanchli bo‘ldi. Tushkunlikka tushmaslik kerak. O‘ylaymanki, jamoamiz o‘z o‘yinini topa oladi.

Bugun jamoamni tanimadim. Imkoni bo‘lganda, tanaffusda bundan ham ko‘proq o‘zgarishni amalga oshirsam bo‘lardi. Tayyorgarlik jarayonidagi o‘yinimizdan bugun asar ham yo‘q edi. Tarkibimizda tajribali futbolchilar bor va ular xayajonlandi deya olmayman. O‘zgarishlar ham o‘zini oqlamadi. Shu sabab futbolchilarni ayblamagan bo‘lardim. Bugun eng yomon uchrashuvimizni o‘tkazdik.

Dastlabki turda “Paxtakor” ham, “Nasaf” ham mag‘lub bo‘ldi. Har bir bahs murakkab bo‘lyapti va ochko qo‘lga kiritish imkoniyati bor”, – dedi mutaxassis.

Kiritildi: 21:38, 05.03.2023.
O'qildi: 2022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик