Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Hakim Fuzaylov: "Qiyin uchrashuvda qiyin g‘alabaga erishdik"

Hakim Fuzaylov: "Qiyin uchrashuvda qiyin g‘alabaga erishdik"

Baho:
+ | -

Superliganing 1-turi doirasida safarda “Turon”ni mag‘lub etgan “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov uchrashuvda uning shogirdlari borini berib o‘ynagani, raqibning tanish ekani va yangi qo‘shilgan legionerlar haqida fikr bildirdi.

“Avvalo, o‘yin uchun barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun maydonda borlarini berib o‘ynashdi. Qiyin uchrashuvda qiyin g‘alabaga erishdik. Mavsum avvalida o‘yin borasida fikr bildirish qiyin. Yaxshi o‘ynasak, natija ham kelaveradi”, - deydi Fuzaylov.

“Bu raqib albatta tanish va ularga qarshi o‘tgan mavsumda ham o‘ynagandik. Ular haqida yetarlicha ma’lumotlarimiz bor. Ammo, mavsum avvalida ularning qanday holatda ekani haqida tasavvurimiz yo‘q edi”.

“Yangi futbolchilar haqida fikrlarim ijobiy. Stanisaviyevich yaqinda kelib qo‘shilgan bo‘lsa ham yaxshi futbolchi ekani ko‘rinib turibdi. Unga bizdan boshqa yana haridorlar bor edi. Yig‘inlarda biroz jarohat olgani bois, hali to‘liq o‘yin amaliyotiga ega emas”.

Kiritildi: 21:40, 05.03.2023.
O'qildi: 1644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик