Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Barakali «Brayton»

Barakali «Brayton»

Baho:
+ | -

Hozir APLda top-klublar shu qadar ko‘payib ketdiki, hammaning diqqat-e’tibori faqat ularga qaratilgan.

Shu bois, «Brayton»dek kamtarin jamoaning fenomenal o‘yinlari o‘z muxlislaridan boshqa hech kimni qiziqtirmayapti. O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring: tarkibining qiymati jihatidan APL vakillari orasida 16-o‘rinni band etgan jamoa to‘plangan ochkolar bo‘yicha 8-o‘rinda bormoqda, boy berilgan ochkolar bo‘yicha esa yanada yuqoriroq, 5-pog‘onaga ko‘tarilib olish imkoniyatiga ega. Hamma gap shundaki, «Brayton» o‘z konsepsiyasiga ega va unga og‘ishmay amal qiladi.

«Brayton» transfer bozorida qanday faoliyat yuritadi?

Bu masalada barcha qarorlar Toni Blumning ijozati bilan qabul qilinadi. U - «Brayton» prezidenti. Qisqacha ma’lumot beradigan bo‘lsak, Blum statistik tahlillar shaydosi, matematikani Manchester institutida o‘zlashtirgan. Keyin o‘zining hisob-kitoblari evaziga bukmekerlik idoralarida pul topa boshlagan va tez orada ularning birida ish boshlagan. Keyin yuksak malakali Blum o‘z kompaniyasiga asos soldi. Shuningdek, u pokerga qiziqishi va turnirlarda g‘olib chiqqani sababli, ikkita onlayn-poker saytini ochdi.

Keyinchalik yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan Blum aynan «Brayton»ni xarid qildi. Tonining bobosi 70-yillarda shu klubning vise-prezidenti bo‘lgan, yurak xuruji tufayli stadionda vafot etgandi. Bundan tashqari, uning tog‘asi klub direktori lavozimida ishlagan. Toni Blumning faoliyati haqida nafaqat film, balki butun bir serial yaratish mumkin. Agar shunday qilishsa, Blumning jamoa bilan APLga chiqqanini nishonlayotgan surati treyler muqovasini bezagan bo‘lardi.

Fahmlab ulgurgan bo‘lsangiz, «Brayton» - matematik hisob-kitob asosida yashayotgan jamoa. U yerda hamma narsani tahlil qilishadi: jamoaga kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilar, raqiblari va o‘z o‘yinchilari...

To‘g‘ri, APLning boshqa jamoalari ham shu kabi yumushlar bilan shug‘ullanadilar. Lekin «Brayton»ning yo‘rig‘i boshqa. 2018 yilda Toni Blum parallel ravishda Belgiyaning 2-divizion vakili bo‘lmish «Yunion» klubini ham sotib oldi. Bu jamoa 2022 yilda elitada 2-o‘rinni egallab, YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Aql bovar qilmaydigan yuksalish!

Ana endi biz «Brayton»ning transferlariga o‘tamiz. Oxirgi ikki transfer darchasidagi asosiy sotuvlar: «Arsenal»ga Trossardni 24 mln. yevroga, «Tottenxem»ga Bissumani 29 mln.ga va Kukurelyani «Chelsi»ga 65 mln.ga pullandi. Bularga Mope, Estigor va Klarkning transferlarini qo‘shsak, umumiy daromad 138 mln. yevroni tashkil etadi. Agar Kaysedoni «Chelsi» yoki «Arsenal»ga sotishganida, qiymat 200 «limon»dan oshib ketardi. Vaholanki, «Brayton» bu futbolchini 2021 yilda «Independyente»dan atigi 5 mln.ga xarid qilgan, «Arsenal» u uchun 70 mln. taklif qilgandi.

Taajjubki, yetakchi futbolchilarini yo‘qotgan, qo‘shimchasiga, mavsum davomida bosh murabbiyni almashtirganiga qaramasdan, «Brayton» yevrokuboklar hududida bormoqda. Kamtarin jamoa uchun ajabtovur muvaffaqiyat.

Yangi bosh murabbiy  davrida jamoa qanday o‘yin namoyish etmoqda?

Avvalgi o‘yini deyarli o‘zgarmagan. «Brayton» nomdor jamoalar kabi to‘p surishga intiladi. To‘p nazorati bo‘yicha APLning 4-jamoasi. O‘tgan mavsumda u 54,3 foiz ko‘rsatkich bilan faqat «Chelsi» (62,2), «Liverpul» (63,1) va «Manchester Siti» (68,2)dan ortda qoldi. Joriy mavsumda «Brayton» 58, «Chelsi» 58,6, «Liverpul» 59,4, «Siti» 65,4 natijalarini qayd etmoqdalar.

Bu holatdan ajablanmasligingiz lozim. Chunki «Brayton»ning asosiy «fishka»laridan biri - o‘z darvozasi oldidan to‘pni yerlatib va qisqa uzatmalar orqali oldinga yetkazib berish. Darvozabon to‘pni raqib yarim maydoniga tavakkaliga yo‘llashdan ko‘ra, yaqin turgan jamoadoshiga aniq yetkazishni afzal ko‘radi.

De Zerbi rahbarligida jamoa o‘z hujumlarini ancha osonlik bilan boshlamoqda. Aftidan, murabbiy bu masalaga jiddiy e’tibor berayotgandek. Hozir uning shogirdlari to‘p uchun kurashda gavdadan qanday foydalanish, raqibni kerakli tomonga chalg‘itish va jamoadoshi qaysi hududda bo‘shliqqa ega bo‘lishini oldindan his etishmoqda.

Bunga yaqinda bo‘lib o‘tgan «Liverpul»ga qarshi bahs misol bo‘la oladi. Ma’lumki, «qizillar»ning asosiy qurollaridan biri pressing. O‘yinning dastlabki 5 daqiqasida «Brayton»ga qarshi bu uslub naf bermasligi ayon bo‘ldi.

To‘p darvozabonda bo‘lgan paytda «Liverpul» bosim uyushtirish uchun oldinga keldi, ammo bir necha qisqa uzatmalar evaziga 3 nafar raqib ortda qoldi va «Brayton» hujumga o‘tishi uchun ajoyib imkoniyat yuzaga keldi.

Hikoyamiz avvalida «Brayton» yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha 5-o‘rinda borayotganligi zikr etilgandi. Bu qandaydir tasodif emas, balki o‘yinga yarasha natija. Sermahsullik bobida «Brayton» (o‘rtacha 1,77 gol) faqat «MYU» (1,84), «Arsenal» (2.17) va «Siti» (2,56) dan ortda, xolos.

Yuqoridagi 2 kichik sarlavhada qanday bog‘lanish bor?

O‘ta jo‘n fikr: hujumkor futbol o‘yinchilar mahoratini to‘laroq yuzaga chiqarish imkoniyatini beradi. Demak, transferlardan ko‘proq daromad olish mumkin. Agar jamoa himoyaviy uslubda o‘ynasa, futbolchilarning, ayniqsa, hujumchilarning mahorati 100 foiz ko‘zga chalinmaydi.

Tomoshabop futbolning yana bir ijobiy xususiyati - muxlislar auditoriyasining e’tibori. «Brayton» stadioni tribunalari joriy mavsumda muxlislarga to‘lib-toshmoqda, bandlik 99 foiz. Ya’ni, bo‘sh o‘rindiqlar yo‘q hisobida. Raqibning qaysi jamoa ekanligi ham ularni qiziqtirmaydi, ular suyukli jamoalarining shiddatkor o‘yinini ko‘rish uchun keladilar. Bu esa futbolchilarni yanada dadilroq bo‘lishga chorlaydi.

Avvalgi mavsumni o‘zining 121 yillik tarixidagi eng yuqori 9-o‘rinda yakunlagan kamtarin jamoa shu strategiya asosida to‘p surmoqda. Shu shiddat, shu qat’iyat davom etsa, «Brayton» bu rekordni yangilashi, yevrokubok ishtirokchisiga aylanishi va albatta, daromad bobida ham rekord o‘rnatishi aniq.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 06.03.2023.
O'qildi: 1589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.