"Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Kyeza "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni maqtadi.
“Kichikligimda kumirim Kaka edi. Hozir eng sevimli narsam Mbappening o‘yinini tomosha qilish. U menga bergan futbolkani saqlab qo‘yganman.
U juda kuchli, haqiqiy chempion. U juda tez, bunday tezlikni kamdan-kam futbolchilarda ko‘rasiz, to‘p bilan ishlash esa unga oson. Bundan tashqari, u juda ko‘p gol uradi.
Agar Jahon chempionati finalida uchta gol urgan inson chempion bo‘lmasa..." - dedi Kyeza klubning Twitch kanali efirida.