Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Legionerlarimizdan daraklar: Debyut gol bilan go‘zal

Legionerlarimizdan daraklar: Debyut gol bilan go‘zal

Baho:
+ | -

Qozog‘iston. «Ordabasi» yangi chempionatni ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

Tarkibida hamyurtlarimiz Bobur Abduxoliqov va Shahboz Umarovni jamlagan Shimkent jamoasi Qozog‘iston Premyer-ligasi 1-turida «Kaspiy»ni qabul qilib, 3:1 hisobida ustun keldi. E’tiborlisi, maydonda to‘liq vaqt to‘p surgan Bobur qozoq ligasidagi debyutini gol bilan bezadi. U 66-daqiqada «Ordabasi»ning 3-goliga mualliflik qildi. Shahboz esa maydonda ko‘rinish bermadi. Shuningdek, «Tobol» ham startda aynan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Kostanay klubi hujumchisi Igor Sergeev «Aksu»ga qarshi kechgan uy uchrashuvida 68-daqiqaga qadar faol harakatlandi. 

Turkiya. 
Superliga 24-turidan o‘rin olgan «Fotih Qoragyumryuk» - «Sivasspor» o‘yi­nida naq 7ta gol qayd etildi - 4:3. Mezbon jamoa yarim himoyachisi Otabek Shukurov
   bu safar atigi 77-daqiqada zaxiradan safga qo‘shildi. «Fotih» safida Mbaye Diane «xet-trik»ka erishganini ham aytish o‘rinli.  

Rossiya
Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning jamoasi - «Pari NN» RPL mavsumining bahorgi qismini Sankt-Peterburg»da peshqadam «Ze-nit»ga qarshi o‘yin bilan boshlab, ortga golsiz va ochkosiz qaytdi - 0:3. 22 yoshli hamyurtimiz 18-tur doirasidagi ushbu samarasiz bahsning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Yo‘ldoshevning joriy mavsumdagi statistikasi: 17ta o‘yin, 2ta gol, 5ta sariq kartochka. Tarkibida Hojimat Erkinov to‘p surayotgan «Torpedo» esa «Krasnodar» mehmoni bo‘lib, 2:2 hisobini qayd etdi. Biroq legionerimiz jamoa qaydnomasiga kiritilmadi. Erkinov RPL-2022/2023ning 15ta
   o‘yinida 1ta gol urgan va 4 marta sariq kartochka olgan. Moskva klubi atigi 7 ochko bilan yaqqol autsayder bo‘lib turibdi.  

RPLdan keyingi o‘rinda turuvchi Rossiya Milliy futbol ligasida ham mavsumning ikkinchi qismi boshlandi. 21-turdan o‘rin olgan «Nefteximik» - «Alaniya» uchrashuvida yaqinda Vladikavkaz klubi bilan 3,5 yillik shartnomani rasmiylashtirgan Husayn Norchayev rasmiy debyutini nishonladi. Aniqrog‘i, terma jamoamizga nomzod hujumchi 63-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Mezbonlar vakili Vagiz Galiulin esa 70-daqiqaga qadar maydonda harakatlandi. Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyevning klubi - «Rubin» tur o‘yinini kecha «Kuban» maydonida o‘tkazdi. 

Saudiya Arabistoni. 

Mamlakat chempionati peshqadami «Al-Nasr» 19-turda «Al-Batin»ga qarshi kechgan   o‘yinda 90-daqiqadan keyin urilgan ketma-ket 3ta gol evaziga mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi. Ya’ni asosiy vaqt yakunida 0:1 hisobida ortda borgan Ar-Riyod jamoasi qo‘shimcha daqiqalarda 3 ochkoni o‘z tomoniga og‘dirdi. Nihoyat, «An-Nasr»ning boshlang‘ich tarkibga kiritilgan Jaloliddin Masharipov tanaffusda o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib bergan bo‘lsa, to‘liq vaqt maydonda harakatlangan Krishtianu Ronaldu bu safar o‘yinni golsiz yakunladi. 

«An-Nasr» -  «Al-Batin» - 3:1 (0:1) 

Gollar: G‘arib (90+3), al Fatil (90+12), Maran (90+15) - Lopes (17). 

«Al-Nasr»: al Aqidiy, al G‘anam (Abdulla, 82), Madu, al Avjamiy (al Fatil, 90), Konan, Luis Gustavo, al Najiy (Bushal, 76), al Xaybariy (al Sulayhim, 46), Ronaldu, Jaloliddin Masharipov (Maran, 46), G‘arib. 

Aytgancha, Ronaldu tufayli «An-Nasr» ijtimoiy tarmoqlarda katta o‘sishga erishmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya klubining «Tvitter»dagi sahifasi obunachilari soni 12,5 million kishiga yetdi. «Nasr» bu borada dunyo klublari orasida faqat «Galatasaroy» va «Barselona»dan ortda qolmoqda. «Instagram»da esa «Al-Nasr» 150 million obunachiga ega va bu 4-ko‘rsatkichdir. Oldinda «Barselona» (203 million), «PSJ», (207 million) va «Real» (209 million) bor. Yana bir xabar shuki, portugaliya­lik 38 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Binobarin, u yakunlangan oy o‘z hisobiga 4ta o‘yinda 8ta gol va 2ta samarali uzatma yozib qo‘ydi.  

Italiya. «Spesiya» «A» seriya 25-turida «Verona»ni qabul qilib, 0:0 hisobi bilan cheklandi. Shu bilan Eldor Shomurodov jamoasining g‘alabasiz seriyasi 7ta o‘yinga yetdi. Hamyurtimiz 5 mart kuni bo‘lgan uchrashuvning 75-daqiqasidagina maydonga tushdi. 

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:39, 07.03.2023.
O'qildi: 2375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.