Marokash va "PSJ" himoyachisi Ashraf Hakimiyning onasi bo‘lgan Saida Moh o‘g‘liga qo‘yilgan ayblovlarga izoh berdi.
"Yuragim o‘g‘limning aybsizligini aytmoqda. U juda yaxshi tarbiyalangan. Men u bilan bu haqda gaplashdim va u meni aybsizligiga ishontirdi. U menga qasam ichdi. Ashraf hozir unga nima bo‘layotganiga loyiq emas", - dedi Hakimiyning onasi Sportskeeda bilan suhbatda.
Avvalroq prokuratura "PSJ" futbolchisini zo‘rlashda ayblagandi. Uning ishi sud nazoratiga olingan.
Fransiya chempionatining joriy mavsumida Hakimiy 21 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.