"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Kontening klubdagi kelajagi mavsum yakunida hal qilinadi. Avvalroq italiyalik mutaxassisga "Inter" taklif bilan chiqishi kutilayotgan edi.
Kontening "shporlar" bilan shartnomasi yakunlanishiga hali 6 oy bor. Kelishuvni uzaytirish borasida hozirda muzokaralar olib borilmayapti.