Xvicha Kvarasxeliya o‘z vatanidagi noroziliklarga munosabat bildirdi.
«Gruziyaning kelajagi Yevropada», - deb yozdi «Napoli» va Gruziya terma jamoasi yarim himoyachisi o‘zining Feysbukdagi sahifasida.
7 mart kuni Gruziya parlamenti «xorijiy agentlar» haqidagi qonunni qabul qildi. Shundan so‘ng Tbilisida minglab odamlar norozilik namoyishiga chiqdi.