Dortmundning “Borussiya” klubi sport direktori Sebastyan Kel yarim himoyachi Jud Bellingemning kelajagi haqida gapirdi.
“Biz Bellingemni yana bir mavsum klubda qoldirish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, — deya Kel so‘zlarini keltirgan jurnalist Fabrisio Romano.
Bellingem joriy mavsumda “Borussiya” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.