Emmanuel Frimpong "Arsenal"ning yozgi transferlari haqida fikr bildirdi.
"Mikel Arteta va yigitlar nihoyat Premyer-ligada g‘alaba qozonish orqali bunga erishdilar va men bundan juda xursandman. Lekin ular bitta g‘alaba bilan kifoyalanib, shu bilan to‘xtab qolmasligi kerak. Endi ular "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" kabi g‘alaba qozonishda va ustunlik qilishda davom etishlari kerak.
Bizda o‘yinchilar, tarkibning chuqurligi bor va umid qilamanki, rahbariyat bu yozda jamoani yanada kuchaytiradi, chunki men hali ham bizga yana bir nechta qanot himoyachilari va sifatli "sakkizlik" kerakligiga ishonaman. Menimcha, Rays unga unchalik mos kelmaydigan pozisiyada o‘ynaydi, shuning uchun bizga uning atrofida mos "skaaizlik" kerak.
Realistik transferlarga kelsak, menimcha, Bruno Gimaraes "Arsenal"da ko‘rishni istagan odam. Va menimcha, Barkolya bizga ham juda mos keladi. Agar ikkala kelishuv ham amalga oshsa, bu "Arsenal" uchun juda muvaffaqiyatli transfer oynasi bo‘ladi", dedi "Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi.













