Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Iordaniya ustozi: "Bugun biz biz bir butun oilaga aylandik"

Iordaniya ustozi: "Bugun biz biz bir butun oilaga aylandik"

Baho:
+ | -

Yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Bugun C guruhida ham 3 tur bahslari o‘tkazildi. Unda Iordaniya va Ummon yoshlari to‘qnash kelishdi. O‘yin 0-0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bahs yakunida har ikki jamoa murabbiylari o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Guruhda 3 ta tur natijasiga ko‘ra, Iordaniya  4 ochko to‘plagan holda keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shuncha ochko yig‘gan Ummon esa guruhda qolib ketdi. Ummonliklar ustozi David Gordo bu haqida shunday deydi:

"Avvalo, raqibni keyingi bosqich bilan tabriklayman. O‘yin qiyin kechdi. Juda ham gol urishga harakat qildik. Bizga bu o‘yin tajriba bo‘ladi. 

Qanday o‘zingizni his qilyapsiz? O‘zingiz uchun nimalar oldingiz?

O‘ylaymanki, bu turnir bizga dars bo‘ldi. Raqib ancha kuchli edi. G‘alaba o‘z qo‘limizdaligini bilardik. Vaziyatlar ko‘p edi. Ammo qaror qabul qilishda muammolarga duch keldik. Kelajakda, muammo va kamchiliklar ustida ishlaymiz.

Tashkilotchilik borasida qanday muammolarga duch keldingiz?

"Hammasi ajoyib. Ob-havo, odamlar, muhit. Ammo bizga eng katta muammo tug‘dirgan narsa, bu mashg‘ulotlar maydonlarining qoniqarsiz ekanligi edi. Bunday maydonlarda, o‘yinchilarning jarohat olishi hech gap emas".

Shuningdek, Iordaniya bosh murabbiyi Islom Jamil Aldiabat ham fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Hammaga assalomu alaykum. Bu o‘yinning yakunidan juda ham xursandman. Bugungi raqib juda ham kuchli edi. Ummon bizga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Ammo kuchli iroda bilan biz o‘z maqsadimizga erishdik. Aytishim kerakki, ushbu bahs nafaqat men, balki futbolchilar uchun ham o‘ta muhim uchrashuv edi. Ummon doimo raqiblarni qiynay olgan.

Hozir keyingi bahslarni o‘ylashimiz kerak. Raqibning ruhiyati o‘ta kuchli ekan. Ammo bizda yaxshi intizom bor edi. Bu orqali kerakli natijaga erisha oldik deb o‘ylayman. Bugun biz bir jamoa kabi emas, balki bir oiladek, aka-ukalardek harakat qildik. Keyingi raqiblarni kuchli bo‘lishini bilamiz. Ammo biz har qanday o‘yinga tayyormiz".

 

Ismatov J.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:48, 08.03.2023.
O'qildi: 1386 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.