"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Real"ni boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Murabbiylar yoki futbolchilar ommaviy axborot vositalarida yozilgan narsalarni nazorat qila olmaydi. “Arsenal”dagi faoliyatimga to‘liq e’tibor qaratganimni aytishim mumkin. Menga bergan imkoniyat uchun klubdan minnatdorman" - dedi Arteta.