Fransiyaning "PSJ" klubi ushbu yozda bir nechta asosiy o‘yinchilarni sotishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko‘ra, parijliklar Serxio Ramosga yangi shartnoma taklif qilishmaydi, u jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
Bundan tashqari, parijliklar klubi himoyachi Ashraf Hakimiyni ham sotish niyatida.