Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Referilarga nisbatan noroziligim kuchli»; «Yigitlarga qo‘shimcha motivasiya berishim shart emas» — Saudiya hamda Yaponiya jamoalari ishtirokidagi o‘yindan so‘ng matbuot anjumani qanday o‘tdi?

«Referilarga nisbatan noroziligim kuchli»; «Yigitlarga qo‘shimcha motivasiya berishim shart emas» — Saudiya hamda Yaponiya jamoalari ishtirokidagi o‘yindan so‘ng matbuot anjumani qanday o‘tdi?

Baho:
+ | -

Yurtimizda davom etayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida 3-tur bahslari yakunlandi.

Turning so‘nggi bahslari D guruhi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi hamda ularning birida Yaponiya Saudiya Arabistoni bilan «Lokomotiv» stadionida to‘qnash keldi. Vaziyatlarga boy o‘tgan uchrashuvda «kunchiqar yurt vakillari» 2:1 hisobidagi minimal g‘alabani tantana qildi hamda guruhda birinchi o‘rinni olgan holda pley-offga yo‘l oldi. Endi chorak finalda Koichi Togashi shogirdlari Iordaniya bilan to‘qnash keladi. Saudiya termasi esa 3 ochko bilan guruhda qolib ketdi.

Quyida ushbu ikki terma jamoa murabbiylari ishtirok etgan matbuot anjumanini e’tiboringizga havola etamiz.

Saudiya Arabistoni ustozi Saloh Al-Muhammadi bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Shogirdlarim yaxshi taassurot qoldirdi. Birinchi taymdan u qadar ko‘nglim to‘lgani yo‘q. Birinchi golgacha hammasi yaxshi edi. Ushbu golgacha ko‘p vaziyatlarga ega bo‘ldik. 2 ta yaqqol imkoniyatni golga aylantira olmaganimizdan afsusdaman. Biroq referilardan ko‘nglim qolib ketdi. Ular juda ko‘p xato qilishdi. Ikki vaziyatda bizning foydamizga penalti berilishi kerak edi. Ularga nisbatan noroziligimiz kuchli.

Bahsda ikki jamoaning tajribasi yaqqol ko‘zga tashlandi. Maydonda umuman har xil edik. Raqib ancha kuchli edi. Bundan oldingi ikki yirik turnirda ishtirok etdik. «Arab Cup» hamda Falastin yoshlar ligasida faol qatnashdik. Shu sababli ushbu musobaqaga to‘liq tayyorlanish bo‘lmadi. Xitoyga yutqazdik. U ham ancha alamli bo‘ldi. Ular bizga qarshi yaxshi tayyorlanishgan edi.

Ushbu musobaqaga muhim o‘yinchimiz (Abdulla Radif) juda kech yetib keldi. Uning klubi futbolchimizga terma yig‘iniga ruxsat bermadi hamda tayyorgarlik Abdullada ko‘ngildagidek chiqmadi», — dedi murabbiy.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Yaponiya termasi ustozi Koachi Togashi ishtirok etdi.

«Saudiya har xil sxemada o‘ynovchi jamoa hisoblanadi. Ular kutganimdan tamomila boshqacha kayfiyatda maydonga tushishdi. Saudiyada o‘zgacha sistema mavjud. Bundan oldingi ikki o‘yin ancha qiyin bo‘ldi. Kuchli kayfiyatda o‘ynashni reja qilgandik. Ikkinchi taymda taktikamiz o‘zgardi. Ruhiy tomonga e’tibor berdik. Chunki parallel uchrashuvga ham qarashimga to‘g‘ri keldi. G‘alabaga haqli edik deb o‘ylayman».

Shuningdek, ushbu bahsning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Kuryu Matsuki ham uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi: «Yaxshi o‘ynashimni oldindan bilgandim. Biroq hozir bu natijani o‘ylashdan foyda yo‘q. Allaqachon keyingi o‘yinga e’tiborimni qarataman», dedi futbolchi.

Yaponiya qolgan guruh g‘oliblaridan farqli o‘laroq 9 ochkoni qo‘lga kiritdi. Bunga qanday erishdingiz?

«Yigitlarga qo‘shimcha motivasiya berishim shartmas. O‘yinchilarning o‘zi hammasini biladi. Ularda yirik turnirlarda qatnashish tajribasi yetarli. Biz ancha bosiqlikda harakat qilamiz.

Bugungi raqibning kuchli tomoni haqida nima deya olasiz?

«Jismoniy tomonlama ancha baquvvat o‘yinchilar harakat qildi. Ular kross uzatmalarda zo‘r o‘ynashadi.

O‘tgan turlarda assist hamda gol bergan Sano nega bugun o‘ynamadi? Uni nega asradingiz?

Sano kuchli o‘yinchi. Saudiyadan keyingi o‘yinlarga tushirishim mumkin. Saudiya qanday o‘ynashiga qaradik va unga ehtiyoj qolmadi. Undan tashqari ham ko‘p tanlovlarimiz bor. Bizda barcha 23 ta teng kuchli futbolchilar yig‘ilgan.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 20:32, 09.03.2023.
O'qildi: 2216 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.