Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Krasnodar» klubi vakillari «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi

«Krasnodar» klubi vakillari «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Shu kunlarda yurtimizda davom etayotgan yoshlar o‘rtasida (U-20) Osiyo Chempionatini bevosita voqea joyidan kuzatayotgan «Krasnodar» futbol klubi Akademiyasi vakillari «Bunyodkor» futbol Akademiyasiga tashrif buyurdi. Jumladan, Anatoliy Dmitriyev («Krasnodar» futbol klubi Akademiyasi selekiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari) hamda Vyacheslav Yegorov («Krasnodar» futbol klubi Akademiyasi seleksioneri) «Bunyodkor» futbol klubi va Akademiyasi mas’ul mutasaddilari bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqat davomida ikkala futbol Akademiyalar o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, yosh futbolchilarni almashish ishlarini yo‘lga qo‘yish, murabbiylar malakasini oshirish, turli yosh toifalari ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvlari va turli ko‘rinishdagi musobaqalarni tashkil etish borasida kelishib olindi. Shundan so‘ng, mehmonlar «Bunyodkor» futbol Akademiyasida yosh futbolchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Qolaversa, Akademiyaning yotoqxonalari, oshxonasi, basseyni, tibbiyot bo‘limi, sport zal, trenajyor zali, fitnes, futbol maydonlari, o‘quv sinf xonalarini (rus tili, anatomiya, ingliz tili, psixologiya) ko‘zdan kechirishdi.

Ayniqsa, «Bunyodkor»  futbol Akademiyasi psixologi Marina Dorfmanning psixologiya bo‘yicha 2007 yilda tug‘ilgan o‘smirlar jamoasi a’zolari bilan o‘tkazgan mashg‘ulotlari rossiyalik futbol funksionerlarida iliq taassurot qoldirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zlarining esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 21:30, 09.03.2023.
O'qildi: 1438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик