Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Anri Keynga "Tottenxem"ni tark etishni maslahat berdi

Anri Keynga "Tottenxem"ni tark etishni maslahat berdi

Baho:
+ | -

"Arsenal" afsonasi Tyerri Anrining fikricha, hujumchi Xarri Keyn yozda "Tottenxem"ni tark etishi kerak.

Bir hafta ichida “Tottenxem” Angliya kubogi va Chempionlar ligasini tark etdi va sovrinsiz seriyasini 15-mavsumga yetkazdi.

29 yoshida ham Keyn qo‘lida hech qanday jamoa sovrinlari yo‘q va Anrining fikricha, bunday buyuk futbolchi faqat gol urish bilan kifoyalana olmaydi.

"Agar men uning o‘rnida bo‘lsam, ketardim. Qaror o‘ziniki, lekin shaxsan men ketardim. U qayerga borishni istayotganini bilishi kerak. U kabi futbolchi, shunday saviyadagi futbolchi oxirida faqat gollari haqida gapira olmaydi. Agar men uning o‘rnida bo‘lsam, yutuqlarim faqat gollar bo‘lsa, kechalari uxlay olmagan bo‘lardim.

Bu ajoyib yutuqlar va men uni juda hurmat qilaman. Menimcha, u ajoyib o‘yinchi. Ammo bu sizning faoliyatingiz oxirida maqtana oladigan yagona narsa bo‘lsa, bu juda achinarli", - dedi Andi CBS Sports bilan suhbatda.

Kiritildi: 10:24, 10.03.2023.
O'qildi: 2055 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик