Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

O‘zPFL mutaxassislari Qirg‘iziston ligasi komissarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zPFL mutaxassislari Qirg‘iziston ligasi komissarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Shu yilning 3 mart kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston Professional futbol ligalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Undagi kelishuv asosida O‘zPFL Qirg‘izistonga ikki nafar tajribali mutaxassislarini yubordi.

7-8 mart kunlari O‘sh shahrida Qirg‘iziston chempionati uchrashuvlarida faoliyat olib boradigan komissarlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda Liganing Klublarni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari Ongar Jalimov hamda Vladimir Nazarov ishtirok etib, Liga tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda komissarlar qanday faoliyat olib borayotgani, ularning uchrashuvning boshqa rasmiylari bilan munosabatlari, Liganing jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash uchun mas’ul organlar, davlatning boshqa tashkilotlari, futbol klublari bilan qanday ishlayotgani kabi masalalarda fikr almashdi. Shuningdek, futbol klublari infratuzilmasi, ularni OFK lisenziyalash talablariga tayyorlash bosqichlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.  

Shu asosda Qirg‘iziston ligasi o‘z komissarlari uchun attestasiya o‘tkazdi. 9 mart kuni esa O‘shdagi markaziy stadionda «Alay» hamda «Abdish-ota» jamoalari o‘rtasida Superkubok uchrashuvi o‘tkazildi. Endilikda Qirg‘iziston Premer-ligasining 2023 yilgi mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston Professional futbol ligasi hozirgi kunga qadar faqatgina Premyer-liga uchrashuvlarini o‘tkazib keladi. Qo‘shnilarimiz bosqichma-bosqich quyi liga musobaqalarini ham tashkil etishni rejalashtirgan. Endilikda har ikki mamlakat ligalari bu borada o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:46, 10.03.2023.
O'qildi: 1041 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик