Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Gvardiola "Arsenal"ning "Bornmut" ustidan qozonilgan g‘alabasidan g‘azablandimi?

Gvardiola "Arsenal"ning "Bornmut" ustidan qozonilgan g‘alabasidan g‘azablandimi?

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Londonning "Arsenal" jamoasi o‘tgan dam olish kunlari "Bornmut"ga qarshi o‘yinda qanday qilib 3 ochko qo‘lga kiritgani haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin davomida "kanonirlar" 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, vaziyatni o‘nglashga va so‘nggi soniyalarda 3:2 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgandi.

"Arsenal"ning qaytishi kayfiyatimni buzdimi? "Nyukasl"dagi g‘alabadan keyin ichgan vinom qanchalik mazali bo‘lganini tasavvur qila olmaysiz. Men aql bovar qilmaydigan darajada xursand bo‘ldim. Keyin Barselonaga bordim, u yerda oilamni ko‘rdim", - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

"Manchester Siti" endilikda APL turnir jadvalida peshqadam "Arsenal"dan 5 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 14:10, 11.03.2023.
O'qildi: 1970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик