“Napoli” A Seriya turnir jadvalidagi ikkinchi o‘rin bilan ochkolari sonini 18taga yetkazdi.
Luchano Spalletti shogirdlari 26-turda “Atalanta”ni mag‘lub etishdi (2:0), “Inter” “Spesiya”ga yutqazdi (1:2), “Lasio” esa “Bolonya” bilan durang o‘ynadi (0:0).
Shu tariqa, ayni damda peshqadam 68 ochkoga ega, “neradzurrilar” – 50, “byankochelesti” – 49. “Roma” va “Milan” ham tur yakunida “Inter”ga yetib olishlari mumkin – hozirda ularda 47 ochko va zaxira o‘yini bor.